So’nggi yangiliklar

17:23Кантона Ямалга тан берди  0 16:59"Реал" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  0 16:36Роналдо Эндрикнинг "Реал"даги истиқболига баҳо берди  2 16:11"Испания Еврони ҳақли равишда ютди" — Бензема  1 15:49Бонуччи Калафьорининг "Арсенал"га ўтаётганидан афсусда  2 15:27"Бавария"нинг молиявий аҳволи оғирми?  6 15:00ПСЖ Санчо бўйича таклиф билан чиқди  1 14:37"Навбаҳор" Александр Лобанов билан хайрлашди  19 14:11Меринонинг келажаги яқин орада ҳал бўлади  2 13:47"Барселона" Фати билан хайрлашмоқчи эмас  5 13:23"Арсенал"нинг икки ҳимоячиси мавсумолди тайёргарликни ўтказиб юборади  1 12:58Расман: "Арсенал" "Аякс" дарвозабони билан шартнома имзолади  1 12:33"Сурхон" назорат ўйинида "Олимпик"дан устун келди  4 12:10"Манчестер Юнайтед" 26 ўйинда 32 та гол урган "Арсенал" ёш футболчисига қизиқмоқда  3 11:46Эшитдик-да! "Навбаҳор" қизиқаётган футболчига "Насаф" ҳам таклиф билан чиқди  22

Messi va Ronalduni ortda qoldirgan Kaka! Yangiliklar

Messi va Ronalduni ortda qoldirgan Kaka!

Yaqin o'tmishning mashhur futbolchilari haqida qiziqarli malumotlar berishda davom etamiz.

Bugungi sonimizda tavallud ayyomini nishonlagan Kaka haqida malumotlar taqdim etishga qaror qildik.


Kaka (Ricardo Kaka) - Rikardo Izekson dos Santos Leyte 1982 yilning 22 aprelida Braziliyada injener va o'qituvchi oilasida tug'ilgan. Yarim himoyachi. "Orlando Siti" futbolchisi.

"San-Paulu" tarbiyalanuvchisi. 2002-2014 yillar davomida Braziliya terma jamoasi sharafini himoya qilgan.

Kaka 7 yoshligida oilasi bilan San-Pauluga ko'chib o'tadi. Uning maktabi "Alfavilli" yoshlar futbol jamoasi maydoni bilan yonma-yon edi. Aynan o'sha erda u ilk jamoasi "San-Paulu" skautlari nazariga tushadi.


"San-Paulu"

Futbolchi aynan shu jamoaning yoshlar jamoasida o'ynay boshladi. Lekin, yomon jismoniy tayyorgarlik unga o'z iqtidorini to'liq namoyon etishga yo'l qo'ymagan. Bundan tashqari, 2000 yilning oktyabrida hovuzda boshidan olgan jarohati sababli faoliyati yakunlanishiga ozgina qolgan. Qandaydir mo'jiza uni shol bo'lishdan asrab qolgandi. Kaka buning uchun Xudodan minnatdor. U gol kiritganidan so'ng qo'llarini tepaga ko'taradi va Xudoga minnatdorchilik bildirardi. Yodingizdami?

Jamoa asosiy tarkibida 18 yoshda, 2001 yilning 1 fevral kuni "Botafogo"ga qarshi o'yinda debyut qilgan. O'sha mavsumda u 27 ta o'yinda 12 ta gol kiritib, dunyoning eng zo'r 100 nafar yosh futbolchilari ro'yxatidan o'rin olgandi.

"San-Paulu"dagi faoliyati davomida 131 ta o'yinda 48 marta gol urgan.



"Milan"


2003 yilning yozida u 8,5 million evro evaziga "Milan"ga ko'chib o'tadi. Bir necha kundan so'ng milanliklar UEFA Superkubogi sohibiga aylanishadi.

Kaka A Seriyadagi debyutini 2003 yilning 1 sentyabr kuni "Ankona"ga qarshi o'yinda nishonlagan. Evrokuboklardagi ilk o'yin esa 16 sentyabrda "Ayaks"ga qarshi o'yinga to'g'ri keladi. 5 oktyabr kuni Milan derbisida "rossonerlar" safidagi ilk golini kiritgan. Umuman, Kaka jamoadagi ilk mavsumida 10 ta gol kiritgan. Jamoasi bilan A Seriya chempionligini qo'lga kiritgan va CHempionlar Ligasida chorak finalgacha etib borgan.


2005 yilda u dunyoning eng zo'r futbolchilari sorovnomasida 9-o'rinni egallagan. 2006 yili "Kevo"ga qarshi o'yinda esa u klubdagi ilk xet-trigini nishonlagan.

2006/07 yilgi mavsumda "Milan" A Seriyada uchinchi o'rinni egalladi va jamoa Italiya futbolidagi mojarolar sababli mavsumni minus ochkolar bilan boshladi. Aynan o'sha mavsumda u klubi bilan CHempionlar Ligasi g'olibligini qo'lga kiritgan. O'sha yili u ECHLda to'purar bo'lgan. Turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.



2007 yilning 17 dekabrida Kaka yilning eng zo'r futbolchisi deb tan olingan va "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan. Takidlab o'tish lozimki, qahramonimiz "Ronaldu va Messi" erasidan oldingi so'nggi eng yaxshi futbolchi bo'lib turibdi. Etiborli tomoni, u o'sha so'rovnomada aynan Ronaldu va Messini ortda qoldirgan holda dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingandi.



2009 yilning yanvarida "Manchester Siti" Kaka uchun "Milan"ga 100 million funt taklif qilgan. Biroq, ushbu transferni futbolchining o'zi istamagan va yakundan rekord transfer amalga oshmay qolgandi. O'shanda, ko'pchilik ushbu holatni "Futbolning pul ustidan g'alabasi" deya tariflagandi.



"Real"

2009 yilning iyunida Kaka 68,5 million evro evaziga Madridning "Real" jamoasi safiga borib qo'shiladi. "Milan" vice-prezidenti Adriano Galliani moliyaviy qiyinchiliklar sababli futbolchini sotilayotganligini malum qilgandi. 8 iyun kuni Kaka "qirollik klubi" bilan 6 yillik shartnoma imzoladi.

O'sha yilning 7 avgustida u "Toronto"ga qarshi o'yinda u ilk marta "Real" safida maydonga tushgan. 19 avgustda "Borussiya D"ga qarshi o'yinda esa ilk golini kiritgan.
Barchasi yaxshi ketayotgandi. 2010 yilning 5 avgustida futbolchi jiddiy jarohati sababli deyarli yarim yilga safdan chiqadi. SHu bilan 2011 yilning yanvarida u safga qaytgan.

2012 yilning avgustida "Milan" futbolchini o'z safiga qaytarishga urinib ko'radi. Ammo, klublar bu borada kelishuvga erisha olmaganlar.



"Milan"ga qaytish

Oradan bir yil o'tib, 2013 yilning sentyabr oyida - transfer oynasining so'nggi kunida futbolchi yana "Milan" safiga borib qo'shiladi. Klub bilan ikki yillik shartnomaga imzo chekadi.

14 sentyabr kuni esa maydonga tushib jarohat oladi va bir oyga safdan chiqadi.

30 oktyabr kuni qaytganidan so'ng ilk marotaba "Lacio" darvozasini aniq nishonga olgan.

2014 yilning 6 yanvarida u "Milan" safidagi 100-golini kiritgan. O'shanda u "Milan" tarixidagi 100 ta gol kiritgan o'ninchi futbolchi bo'lgandi.


"Orlando Siti"

2014 yilning 30 iyunida Kaka "Milan" bilan shartnomani bekor qilgan. Tomonlar o'rtasidagi kelishuvda agar "Milan" ECHLga yo'llanmani qo'lga kirita olmasa jamoadan ketishi mumkin degan band bo'lgan. 1 iyul kuni MLS ning "Orlando Siti" klubi bilan shartnoma imzolagan. AQSHda mavsum yil boshida start olgani uchun, formasini ushlab turish maqsadida "San-Paulu"da ijara asosida o'ynagan.



Terma jamoada

Braziliya terma jamoasida ilk marta 2002 yilning 31 yanvarida Boliviyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushgan. Aynan o'sha yili terma jamoa safida jahon chempionligini qo'lga kiritgan. O'shanda u faqatgina Kosta-Rikaga qarshi o'yinda 25 daqiqa maydonda harakat qilgandi.

2006 yili Germaniyada bo'lib o'tgan Mundialda esa bitta gol kiritgan. O'shanda Braziliya terma jamoasi chorak finalda Franciyaga yutqazib qo'yib, turnirni tark etgandi.

2010 yilgi JCHda esa braziliyaliklar chorak finalda Gollandiyaga qarshi o'yinda mag'lubiyatga uchragandilar.





Sovrinlari:

Jahon chempioni: 2002
Konfederaciyalar Kubogi sohibi: 2005, 2009
Italiya chempioni: 2003/04
Italiya Superkubogi sohibi: 2004
ECHL sohibi: 2006/07
UEFA Superkubogi sohibi: 2003, 2007
Klublar o'rtasida jahon chempioni: 2007
Ispaniya Kubogi sohibi: 2010/11
Ispaniya chempioni: 2011/12
Ispaniya Superkubogi sohibi: 2012



SHahsiy yutuqlari:

"Santyago Barnabeu" turnirining eng yaxshi futbolchisi: 2012
ECHLning eng yaxshi assistenti: 2011/12
"Oltin to'p" sohibi: 2007
Klublar o'rtasidagi JCHning "Oltin to'p" sohibi: 2007
Braziliyaning eng yaxshi futbolchisi: 2002
Italiyaning eng yaxshi futbolchisi: 2003/04, 2006/07


Vikipediya malumotlari asosida Aziz To'xtamurodov tayyorladi


Saytimiz orqali xar kuni yaqin o'tmishning mashhur futbolchilari haqida malumotlar taqdim etilmoqda:

"Barselona"ning arab diyoridagi afsonasi Xavi haqida

"Real" afsonasi Raul haqida

Britaniyalik oficer - Devid Bekxem haqida

Braziliyalik afsungar, "Barselona" yulduzi, "Bunyodkor" rekordchisi - Rivaldo haqida

"Nemis buldogi" Oliver Kan haqida

"Tilla bola" - Maykl Ouen!


Keyingi sonlarimizda qaysi futbolchilar haqida malumotlar taqdim etilishini istaysiz?

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика