Messi taqdirlash marosimida ishtirok etmadi
07 iyu 2019 07:19
Yangiliklar


Messi taqdirlash marosimida ishtirok etmadi
“Barselona” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Amerika kubogida bronza medallarni taqdirlash marosimida ishtirok etmadi, deya xabar bermoqda Goal.com.
Kopa Amerikada 3-o'rin uchun kechgan bahsda Argentina terma jamoasi CHilini 2:1 hisobida taslim etdi.
Mazkur bahsning 37-daqiqasida Lionel Messi va chililiklar yarim himoyachisi Gari Medel o'rtasida kelishmovchilik kelib chiqdi. Natijada uchrashuvni boshqargan bosh hakam Mario Alberto Dias de Vivar o'sha epizod “qahramonlari”ni tezlik bilan maydondan chetlatdi.
Eslatib o'tamiz, Amerika kubogi yarim finalida Argentina Braziliyaga (0:2) imkoniyatni boy bergan bo'lsa, CHili Perudan (0:3) yirik mag'lubiyatga uchragan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar