Messi: "O'zgarishlar kerak emas"

Tolibjon Qosimov
28 dek 2018, 11:45
"Barselona" sardori Lionel Messi "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning chaqiruvini rad etdi.

Oldinroq, portugaliyalik uni A Seriya klublaridan biriga o'tishni taklif qilgandi.

"Menga o'zgarishlar kerak emas. Men dunyoning eng yaxshi jamoasida to'p tepaman. Oldimdagi takliflar yildan-yilga o'zgarib bormoqda. Yangi maqsadlarni qo'yish uchun jamoamni yoki chempionatni o'zgartirmoqchi emasman. Men uyda, eng yaxshi klubdaman. Nimanidir o'zgartirishga sabab yo'q", - deya Messining so'zlarini keltirdi "Marca".

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: marca.com