Messi "Loryan" bilan o'yindan so'ng o'z samolyotida Argentinaga uchib ketdi
24 dek 2021 20:25
Yangiliklar
Messi "Loryan" bilan o'yindan so'ng o'z samolyotida Argentinaga uchib ketdi
PSJ futbolchilari qisqa tatilni boshlab yuborishdi, bu tatil taxminan bir hafta davom etadi, chunki jamoa navbatdagi o'yinni uchinchi yanvarda o'tkazadi.
Malum bo'lishicha, parijliklar g'alaba qozona olmagan Liga 1 doirasidagi "Loryan"ga qarshi o'yindan bir necha soat o'tib, bazi futbolchilar vaqtni boy bermaslikka qaror qilishgan.
Jumladan, argentinaliklar birinchilardan bo'lib tatilga jo'nab ketishdi. Manbaning xabariga ko'ra, Anxel di Mariya, Mauro Ikardi va Leandro Paredes Lionel Messining shaxsiy samolyotida uylariga qaytishgan.
Biroq PSJning asosiy futbolchilari Rojdestvo bayramidan so'ng darrov qaytishi yoki Franciya kubogi doirasidagi uchrashuvni o'tkazib yuborishi hozircha malum emas.
Fikrlar