Messi koronavirusdan so'ng tuzaldi va Fransiyaga uchib ketdi

Alisher
5 yanv 2022, 14:33
PSJ hujumchisi Lionel Messi koronavirusdan so'ng tuzaldi.

Argentinalik futbolchi seshanba kuni virusga manfiy test topshirdi.

Messi shundan so'ng Argentinadan Fransiyaga uchib ketdi. 34 yoshli o'yinchining bugun yoki ertaga mashg'ulotlarni davom ettirishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, PSJ 2 yanvar kuni Messining kasallanganini xabar qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: RMC Sport