Messi: "Jahon chempioni bo'lganimizdan keyin barcha bizni mag'lub etishni istamoqda"
08 sen 2023 23:58
Yangiliklar
Messi: "Jahon chempioni bo'lganimizdan keyin barcha bizni mag'lub etishni istamoqda"
Argentina termasi sardori Leo Messi JCH-2026 saralashi doirasida Ekvadorga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.
"Og'ir, harakatchan o'yin. Biroz charchaganman, shu sababli zaxiraga olindim, umuman olganda o'zimni yaxshi his qilyapman. O'rtoqlik o'yinlarida ham, bugun ham jamoadagi hech kim bo'shashmaganini ko'rish mumkin. Jahon chempioni bo'lganimizdan keyin barcha termalar bizni mag'lub etishni istashmoqda.
Jahon chempioni bo'lganimizga ko'p bo'lmadi, biroq oradan juda ko'p vaqt o'tganga o'xshaydi. Biz oldinga harakatlanishimiz, kurashishimiz va navbatdagi mundialga qadar o'yindan-o'yinga yaxshi holatda bo'lishimiz kerak.
Saralash o'yinlari og'ir o'tishini yaxshi bilamiz. Ekvador termasida ham yaxshi futbolchilar juda ko'p, ular jismonan kuchli bo'lgani uchun barcha ishni yaxshi bajaradi", - dedi Messi.
Fikrlar