

Messi Janubiy Amerika konfederatsiyasini haqorat qilgani va nomaqbul so'zlarni ishlatgani uchun ikki yilga yaqin muddatga diskvalifikaciya qilinishi kutilmoqda.
Agar unga nisbatan federatsiya tomonidan yuqoridagi jazo qo'llaniladigan bo'lsa, u holda 32 yoshli forvard kelasi yili Argentina va Kolumbiyada start oladigan Kopa Amerika musobaqasida qatnasha olmaydi. Shuningdek, Messi Qatarda 2022 yili bo'lib o'tadigan JCHning saralash bahslarida ham ishtirok etmasligi mumkin.



