Messi Braziliya - Argentina o'yinining to'xtab qolishiga munosabat bildirdi
06 sen 2021 07:36
Yangiliklar
Messi Braziliya - Argentina o'yinining to'xtab qolishiga munosabat bildirdi
Argentina terma jamoasi futbolchisi Lionel Messi Braziliyaga qarshi o'yinning to'xtatib qo'yilishiga munosabat bildirdi.
"Biz uch kundan beri mamlakatdamiz. Nima uchun siz avvalroq kelmadingiz? Bizni butun dunyo kuzatib turibdi", - deya Braziliyadagi sog'liqni saqlash tashkilotiga murojaat qildi Messi.
Eslatib o'tamiz, o'yin 4-daqiqada to'xtatib qo'yildi.
Gap shundaki, Buyuk Britaniyadan Braziliyaga kelgan har bir kishi 14 kunlik karantindan o'tishi kerak. Argentinaliklar safida esa darvozabon Martines, himoyachi Romero, yarim himoyachilar Lo CHelso va Buendia maydonga tushirilgandi. Ularning to'rttasi ham Premer-ligada o'ynaydi.
Fikrlar