So’nggi yangiliklar

09:46Гвардиола Родридан нима истаётганини айтди  0 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  0 08:53"Манчестер Юнайтед" 20 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолашга яқин  0 08:26Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  0 07:58"Интер" "Ланс" ярим ҳимоячисини сотиб олди  0 07:35Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" ўйинида 8 та гол урилди ва "шерлар" ғалаба қозонди. "Қизилқум" – "Бунёдкор" баҳсида эса дуранг  10 07:30"Манчестер Сити"нинг яна бир ҳимоячи жамоани тарк этиши мумкин  1 01:56АПЛ. "Челси" дербида "Вест Хэм"ни аямади  5 01:39Франция. ПСЖ яна кичик ҳисобда ғалабага эришди  0 01:29Бундеслига старт олди: мавсумнинг илк ўйинида "Бавария" "Лейпциг"ни янчиб ташлади, Кейндан хет-трик!  8 00:49Бошланғич таркибдаги Палмер нима сабабдан дербида қатнашмаяпти?  0 00:30ЖЧ-2026га қуръа қачон ва қаерда ташланиши маълум!  5 00:02Акмал Рустамов: "Юзага келган вазиятлардан фойдаланганимизда 3-4та тўп фарқи билан ютишимиз мумкин эди"  3 23:46Илёс Зейтуллаев: "Бунёдкор" ПФЛ тақдим этаётган тақвимни ҳурмат қилади"  0 23:28Байиндирнинг хатосидан кейин МЮнинг режалари ўзгарди  6

Messi bilan ichish uchun 42 ming dollar! Xitoylik muxlislar firibgarlikdan ogoh bo'lishga chaqirilmoqda Yangiliklar

Messi bilan ichish uchun 42 ming dollar! Xitoylik muxlislar firibgarlikdan ogoh bo'lishga chaqirilmoqda

Teglar :  Lionel MessiXitoy
Xitoylik futbol ishqibozlari Lionel Messi bilan bog'liq elonlar aks etgan firibgarliklarga duch kelmaslik uchun ogohlantirilgan.

Xabaringiz bo'lsa kerak, shu kunlarda etti karra "Oltin to'p" sohibi Lionel Messi Argentina terma jamoasi bilan birgalikda Xitoyda bo'lib turibdi. Bugun ushbu mamlakatda jamoa Avstraliyani 2:0 hisobida mag'lub etdi.

Messining Osiyoga tashrifi uni ko'rishni istagan muxlislar uchun ayni muddao bo'lishi shubhasiz. Ammo buning ortidan soxta yo'l bilan mumaygina daromad qilmoqchi bo'lganlar ham anchaginani tashkil etadi.

Mamlakatda tarqalgan reklamalardan birida 300 ming yuan (42 ming dollar) evaziga Messi bilan kechki ovqat tashkil etilishi vada qilingan. Pekin jamoat xavfsizligi byurosi Weibo portalida bunga hazil bilan javob berdi: "Agar sizni 300 ming yuan bilan ishontirish mumkin bo'lsa, o'zimiz siz bilan qadah urishtiramiz".

SHuningdek, takliflar orasida 5000 yuanga (700 dollar) stadionning oldingi qatorlaridan chipta va Messining imzosi tushirilgan libos; 8000 yuanga (1100 dollar) Messi bilan suratga tushish kabi to'plamlar o'rin olgan. 

Qolaversa, badavlat biznesmenlar uchun ham maxsus taklif ishlab chiqilgan. Unga ko'ra, 50 mln yuan (7 mln dollar) evaziga argentinalik yulduzning biznesmen ko'z o'ngida po'l tulovchining kompaniyasini reklama qilib berishi nazarda tutilgan.

Avvalroq Messini Xitoy chegarasida ushlab qolishgani haqida xabar berilgandi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика