Messi "Atletik"ka qarshi uchrashuvda Primerodagi 350-uchrashuvini o'tkazishi mumkin
25 avg 2016 13:14
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/219352_original.jpg)
![](/upload/storage/219352_220.jpg)
Messi "Atletik"ka qarshi uchrashuvda Primerodagi 350-uchrashuvini o'tkazishi mumkin
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatida rekordlarni yangilashda davom etmoqda.
Argentinalik Primeroda yangi muvaffaqiyatga erishishga yaqin turibdi: Agar Messi Bilbaoning "Atletik" klubiga qarshi bahsda maydonga tushsa, u Kataloniya safida 350-uchrashuvini o'tkazgan bo'ladi.
Leo hozirgacha Ispaniya chempionatining 349 uchrashuvida maydonga tushib, 314 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Bu bahslarda ko'k-anorranglilar 263 ta g'alabaga erishgan. Mag'lubiyatlar soni esa 34 ta.
"Atletik" - "Barselona" uchrashuvi 28 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 23:15da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar