Mertens Maradonadan o'tib ketdi
28 apr 2019 16:50
Yangiliklar


Mertens Maradonadan o'tib ketdi
"Napoli" hujumchisi Dres Mertens Italiya chempionatining 34-turi doirasida "Frozinone" darvozasini ishg'ol qildi.
Bu gol futbolchining "Napoli" safida A Seriyadagi 81-goli bo'ldi va u ushbu natijasi orqali Diego Maradonadan o'tib, ro'yxatning uchinchi pog'onasiga chiqib oldi. Undan yuqorida Antonio Voyak (102 gol) va Marek Xamshik (100) kabi futbolchilar bor.
Bu mavsumda 31 yoshli Mertens "Napoli" safida barcha turnirlarda 44 o'yinda qatnashib, 16 gol urdi va 12 golga assistentlik qildi.
Uning jamoa bilan shartnomasi 2020 yilga qadar davom etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar