Menyan mundialni o'tkazib yuborishi mumkin
20 okt 2022 00:30
Yangiliklar
Menyan mundialni o'tkazib yuborishi mumkin
"Milan" posboni Mayk Menyan 2022 yilda maydonga tushmasligi mumkin.
"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, bugun posbon individual mashg'ulot o'tkazgan, biroq bunda u og'riq his qilib, mashg'ulotni yakunlay olmagan. 22 sentyabr kuni darvozabon Franciya termasi tarkibida Millatlar ligasi doirasida Avstriyaga qarshi o'yinda jarohat olgandi. Endi uning safga qaytishi 2023 yilda amalga oshishi kutilmoqda. Bunday holatda uning Qatarda bo'ladigan JCHda ishtirok etmasligi oydinlashadi.
Ushbu mavsumda Menyan A Seriyaning 7 o'yinida qatnashib, 8 gol o'tkazib yubordi.
Fikrlar