So’nggi yangiliklar

12:50"Бенфика" Туркия терма жамоаси етакчиларидан бирини сотиб олди  1 12:22Водий дербиси қачон ўтказилади? Суперлиганинг октябрь ойи тақвими  0 12:05Иброҳимҳалил Йўлдошев тўп тепаётган "Қайрат"да бош мураббий ўзгарди  1 11:42Саудия Арабистони клуби яна бир бразилияликни ўз сафига қўшиб олди  1 11:17Роналду: "Португалия терма жамоасидаги фаолиятимни якунлаш? Мен асосий таркибда ўйнашим керак"  11 10:45Расман. Шукуровнинг янги жамоаси навбатдаги трансферни эълон қилди  0 10:17"Ал Иттиҳод" "Аякс" етакчиларидан бирини сотиб олди  1 09:50Германия терма жамоасининг янги сардори маълум  1 09:21"Ал Насср" "Челси" футболчисини 23 миллион еврога сотиб олди  2 08:52Легионеримиз жароҳат сабабли Ўзбекистон МТЖнинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  6 08:24ПСЖ футболчиси "Ал Иттиҳод"га кўчиб ўтди  0 07:55Расман. Осимхен "Наполи"ни тарк этди  6 07:37Расман. Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан бири фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  8 23:30Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   14 23:08Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  27

"Men ham yozishni xohlayman" rukniga. O'FF prezidenti Umid Ahmadjonovga takliflar Yangiliklar

"Men ham yozishni xohlayman" rukniga. O'FF prezidenti Umid Ahmadjonovga takliflar

Saytimizning "Men ham yozishni xohlayman" rukni uchun elektron pochtamizga viloyatlarda istiqomat qilayotgan muxlislar va jurnalistlardan turli maqolalar kelmoqda.

Quyida ana shunday maqoalalardan birini etiboringizga havola etamiz. Bu maqolada O'FF prezidenti Umid Ahmadjonovga bir nechta takliflar bildirilgan. Sizda ham maqola yozish istagi bo'lsa, e-mayl orqali ([email protected]) yoki Telegram manzilimizga https://t.me/CA_admin yuborishni unutmang. Eslatib o'tamiz, imloviy xatolari nihoyatda ko'p bo'lgan maqolalar ko'rib chiqilmaydi. 

Assalomu alaykum, Umid aka!

Avvalo Sizni O'zbekiston futbol federaciyasi prezidentligiga saylanganingiz bilan chin dildan tabriklaymiz. Masuliyatli va sharafli ishda omadlar tilaymiz. 

Siz mamlakat futbolini yanada rivojlantirish, milliy, olimpiya, yoshlar va o'smirlar terma jamoalarimiz yutuqlari orqali millionlab muxlislarni quvontirishdek masuliyatli vazifani o'z zimmangizga oldingiz. Bu yo'lda Sizda istiqbolli rejalar borligiga shubhamiz yo'q.

Sezib turibsiz, so'nggi oylarda O'FF va Samvel Babayan boshchiligidagi terma jamoaga nisbatan xalqimizning noroziligi juda kuchayib ketdi. Buning sabablarini sport mutaxassisi sifatida Siz bizdan ko'ra yaxshiroq bilasiz, albatta. Endi Sizdan bu borada to'g'ri xulosa chiqarish va xalqning orzu-istaklarini, xalqning xohish-irodasini hurmat qilish talab qilinadi.

CHunki davlat xalq bilan davlat bo'ladi, millat xalq bilan millat bo'ladi. Bejizga muhtaram Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev 2017 yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb elon qilishni taklif etmadi.  Xalqda hikmat ko'p. Rahbarlik ishonib topshirilgan kishidan birinchi navbatda halollik talab qilinadi. Xalqni aldab bo'lmaydi. O'z manfaatini xalq manfaatidan ustun qo'ygan har qanday kishi baribir xalq oldida javobgarligicha qoladi va javob beradi. Yoki qilganiga yarasha javob oladi.

O'zbek futbolini yuksakka ko'tarish uchun nimalar qilish zarur? Bugun, ertaga va kelajakda? Hozir barchamizni shu savol qiynayapti. JCH-2018 saralash o'yinida Gollandiya terma jamoasi Franciyaga yutqazib qo'ydi. Gollandlar tarkibida van Persi, Robben, Sneyder singari katta yoshli futbol yulduzlari to'p tepishdi, francuzlar tarkibida esa Mbappe, Grizman, Pogba kabi yosh charm to'p ustalari javlon urishdi.

Futbol sharhlovchilari Gollandiya termasi mag'lubiyatini mamlakatda tug'ilish kamayib ketayotgani va tabiiy ravishda bolalar futbolida istedodlarni saralash imkoniyati kamayib, zaxira futbolchilar muammosi yuzaga kelgani bilan izohlashdi. Yaratganga shukrlar bo'lsinki, bizda unday emas. Garchi bugungi kunda yosh oilalar ikki nafar, juda oshib ketsa uch yoki to'rt bola ko'rib, rejali oilani tashkil etayotgan bo'lsa-da, aholimiz yildan-yilga ko'paymoqda.

Yana shunisi quvonchliki, qishloqlarda, shahar va tuman markazlarida yoshu-qari futbolga qiziqadi. To'p tepib kunni kech qiladigan bolalarimiz ham ko'p. Ular orasidan ertaga Mirjalol Qosimov yoki Odil Ahmedov singari mohir yarim himoyachi, Grizman yoki Mbappe singari hujumchi, Nesterov yoxud Keylor Navas kabi darvozabon, Marselo yoki Denisov singari qanot himoyachisi, SHerzod Azamov yoki Serxio Ramosdek himoyachilar etishib chiqadigan bolalar ham yo'q emas. Ammo ular etarlicha izlanmayapti, kimdir iqtidorini anglab tarbiyalamayapti, katta futbolga to'g'ri yo'naltira olmayapti.

Bolasini futbolchi qilmoqchi bo'lgan otalarning ham boshi qotgan. Futbol maktabiga olib borsinmi? Olib borsa, to'g'ri ko'ngil bilan olisharmikan? Joy bormikan? Bolasidagi xato va kamchiliklarni tuzatib, yaxshi futbolchi bo'lib etishishini astoydil istaydigan murabbiy bormikan? “SHapka” so'ramasmikan?

SHu o'rinda takliflarimiz:

1. Eng avvalo selekciya ishlarini keng qamrovda olib borib, iqtidorli bolalarni topish kerak. Topganda ham ularni qiziqtirib, ota-onasining roziligini olib, futbol maktablariga jalb etish zarur. BO'SMlardagi futbol guruhlari ishiga tanqidiy yondashib, keskin chora-tadbirlar belgilash yoki strukturani o'zgartirish vaqti keldi. 

2. Bolalar futbol murabbiylarini xorijga malaka oshirishga jo'natish zarur. Germaniya, Franciya, Angliya, Italiya. Bu yo'lda aniq tizim ishlab chiqilsa va mablag' ajratilsa, mevasi albatta, shirin bo'lajak. Yurtboshimiz har jabhada rahbarlarning xorijdagi hamkasblari bilan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish lozimligini bot-bot takidlayotgan ekan, buni futbol sohasida ham amalga oshirish zarur. 

3. Milliy terma jamoa masalasi. Savol tug'iladi: O'zbekiston futbol federaciyasi terma jamoaga xorijdan murabbiy taklif etsa, uning sarf-xarajatlariga tayyormi? Tayyor bo'lsa, marhamat, bazi bir mutaxassislar bilan muzokara olib borish aslo foydadan xoli bo'lmaydi. Masalan, 2011 yil “Nasaf”ni boshqarib OFK kubogi sohibiga aylangan Anatoliy Demyanenko. Bu mutaxassis birinchidan rus tilini biladi, ikkinchidan O'zbekiston haqida yaxshi xotiralari bor. Ishlashi mumkin. 

SHuningdek, o'zimizdagi murabbiylardan ikki marta (2014, 2016) "O'zbekistonning eng yaxshi murabbiysi" deb topilgan Ro'ziqul Berdiev (O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sport ustozi) ham terma jamoani boshqarsa, hech bir futbol muxlisi yoki mutaxassisi qarshi bo'lmasa kerak. Qosimovga imkoniyat berildi, Abramov, Babayan, Sarkisyan, Mirsodiqov kabi ustozlar termada ishlashdi. Lekin hech biri termani mundialga olib chiqa olmadi, Osiyo chempionatlarida medallar qo'lga kiritilmadi. 

Ro'ziqul Berdievning yana bir ustun tomoni shundaki, u nafaqat asosiy jamoa o'yinini yaxshi tashkil etadi, balki o'rinbosarlar (ikkinchi tarkib, uchinchi tarkib, futbol maktabi jamoalari) ustozlari bilan hamjihat ishlaydi. SHogirdlarini birinchi jamoa o'yiniga moslab tarbiyalashni yo'lga qo'yadi. Demak, u milliy  terma jamoa bosh murabbiyligiga tayinlansa, olimpiya, yoshlar, o'smirlar termalari bilan ham uzviy bog'liqlik yo'lga qo'yiladi. Bashoratchi emasman, ammo hozirgi kunda o'zbekistonlik murabbiylar orasida Ro'ziqul Berdievdan kuchlirog'i yo'q!

Hurmatli Umid aka!

Siz bir qishloqlarni aylanib, dayravotlarda bo'layotgan o'yinlarni ko'ring-da. U erda O'zbekiston chempionati 1-ligasidagi har qanday o'yindagidan ko'proq muxlisni ko'rasiz. CHunki xalq halol, kurashchan o'yin tarafdori. O'sha dayravotda yalangoyoq to'p tepayotgan bola yoki yigit shunday jon-jahdi bilan qishlog'i shanini himoya qiladiki (u na oylik oladi, na ko'tarma pullari) bundan faqat rohatlanish mumkin.

Bo'sh vaqtingiz kam bo'lsa-da, aynan o'zingiz boshchilik eng yaxshi selekcionerlarni olib qishloqlarni aylaning. Oddiy odamlar bilan suhbatlashing. O'zingiz bosh bo'lib futbol maktablarini ko'ring. Bolalar, murabbiylar bilan suhbatlashing. Ishlayotgan mutaxassislarning saviyasini oshirish bo'yicha xulosalarga kelasiz, futbolimiz ertasi haqida tasavvurga ega bo'lasiz.

Mening bir tanishim bor. Oynai jahon orqali O'zbekistonning oliy ligasi tugul, hatto milliy terma jamoani ko'rmaydi. Nuqul “parabolka” orqali Evropa va Amerika davlatlari chempionatlarini tomosha qiladi. “Futbolchilarimiz o'yinidan ko'nglim to'lmaydi, terma jamoa faqat asabimni buzadi. Nima qilaman bunday rasvo o'yinni ko'rib” deya biz kabi ashaddiy ishqibozlar ustidan kulgandek gapiradi. Rost, unday futbol ishqibozlari yurtimizda oz emas. 

Ammo biz bunday qilolmaymiz. Dayravotlardagi qishloqcha o'yinlarni ham, birinchi va oliy ligadagi goh mazmunli, gohi mazmunsiz uchrashuvlarni ham, terma jamoalarimizning dilni shod yoki xufton etuvchi bahslarini ham ko'raveramiz. Yutuqlardan shod bo'lsak, mag'lubiyatlardan alamli ko'z yosh to'kamiz.

Sizdan faqat quvonchlarga sabab bo'ladigan, o'zbek xalqiga futboldan qoniqish va iftixor tuyg'usini beradigan samarali faoliyat kutib qolamiz. Takliflarimni o'ylab ko'rasiz va futbolimizda sezilarli burilishlar yasaysiz, degan umiddamiz!

Yana bir bor ishlaringizga omad tilab,

Akmal ABDIEV, “Ishonch” gazetasining Qashqadaryo viloyati bo'yicha o'z muxbiri. 


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика