"Men bu erda baxtliman". Oblak "Atletiko"dan ketish haqida o'ylamayapti
31 may 2021 13:48
Yangiliklar
"Men bu erda baxtliman". Oblak "Atletiko"dan ketish haqida o'ylamayapti
"Atletiko" darvozaboni Yan Oblak Madrid klubi bilan ikki yildan so'ng shartnomasi yakunlanishidan xavotirga tushmaydi.
28 yoshli sloveniyalik "matraschilar" tarkibidagi eng ko'p haq oladigan futbolchidir, uning tovon puli 120 mln evroni tashkil etadi. Ammo, bu narx Evropaning top-klublarini hayron qoldirmaydi va vaqti-vaqti bilan uning nomzodini ko'rib chiqishadi.
"Men kelajakni ko'ra olmayman, men ham, klub ham, boshqalar ham. Barchasi ko'plab faktorlarga bog'liq bo'ladi, masalan, klub futbolchini sotishi kerakmi yoki yo'q.
Men 7 yildan beri "Atletiko"daman, bu erda 300dan ortiq o'yin o'tkazdim. La Ligani yutdim, boshqa hech narsa haqida o'ylashni istamayman. Men bu erda baxtliman", - deydi Oblak.
Fikrlar