Melo: "Braziliya termasida Messining oyog'iga navbat bilan tepishni kelishib olgandik. U Ronaldudan kuchli"
19 mar 2020 11:10
Yangiliklar
Melo: "Braziliya termasida Messining oyog'iga navbat bilan tepishni kelishib olgandik. U Ronaldudan kuchli"
"Messi - noyob o'yinchi. Braziliya terma jamoasida unga qarshi o'ynaganimizda uning oyoqlariga navbat bilan tepish haqida kelishib oldik. Bu qiyin ish emasdi, bularsiz axir uni to'xtatib bo'lmasdi. Bizda uning oyog'ini sindirish maqsadi yo'q edi, shunchaki taktik follar ishlatardik va unga halaqit berishga urinardik.
Men Pele haqida hech narsa deya olmayman, sababi uning o'yinlarini ko'rmaganman. 1990 yilda bo'lib o'tgan Jahon chempionatida Argentina Kanijining goli evaziga Braziliyani mag'lubiyatga uchratganini eslayman. Braziliyaliklar Zikoni hali ham eng zo'ri deb hisoblashadi, ammo men uni ilk bor "Marakana"dagi xayrlashuv o'yinida ko'rganman. SHu sababli men Pele, Maradona va Zikodek ajoyib o'yinchilar haqida hech narsa deya olmayman.
Men Messining o'yinini ko'rganman va bu aqlbovar qilmas. U so'zsiz Krishtianu Ronaldudan kuchli, chunki Krishtinu 5ta gol urishi mumkin, Messi esa shu 5tani urishi bilan bir qatorda, sheriklariga ham golli vaziyatlar yaratadi. SHunday ekan, Messi undan ko'ra mukammaldir", - deydi Melo.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar