So’nggi yangiliklar

07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  0 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  7 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   17 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12

Mbappe zaxiraga olingani uchun murabbiydan ranjidi. O'yindan keyin Tuxelning jahli chiqdi Yangiliklar

Mbappe zaxiraga olingani uchun murabbiydan ranjidi. O'yindan keyin Tuxelning jahli chiqdi

PSJda hammasi yaxshi: Jamoa birinchi o'rinda, eng yaqin taqibchi 13 ochko orqada, Mbappe va Neymar har uchrashuvda gol uryapti.

"Monpele"ga qarshi bahsda ham 5:0 hisobi qayd etildi, Mbappe Neymarning uzatmasini golga aylantirdi.


Eng qizig'i keyin boshlandi: Kilian 57-daqiqada o'z hisobiga gol yozdirib qo'ygan bo'lsa, 68-daqiqada Tomas Tuxel uning o'rniga Mauro Ikardini maydonga tushirdi. Hisob 5:0 edi, ammo Mbappe murabbiydan norozi bo'ldi. Yigitcha maydondan chiqib ketayotganida Tuxeldan ranjigani ko'rinib turgandi.

Bosh murabbiy futbolchi noroziligini ko'rib, uni to'xtatdi va o'zgarish sababini tushuntirishga urindi. Hujumchi mutaxassis oldidan o'tib ketmoqchi bo'ldi, ammo keyin og'zini qo'li bilan yopib, javob berdi.


SHundan so'ng Kilian zaxira o'rindig'iga yo'l oldi va bahs oxirigacha xo'mrayib o'tirdi.

O'yin yakunlanganini anglatuvchi xushtakdan so'ng Tuxel g'alabadan xursand bo'lmadi va matbuot anjumanida barcha savollarga javob berdi.

"Bu jamoada kim o'ynashi va zaxiraga olinishini men hal qilaman. Kilian juda aqlli yigit va nima qilayotganini biladi. U zaxirada o'tirishni yoqtirmaydi. Futbolchilarning bunday reakciyasiga birinchi marta to'qnash kelmayapmiz. "Borussiya"da shunday bo'lgan (Xakimi va Roys ranjishgan). "Liverpul" va "Manchester Siti" o'yinchilarida ham bunday holat kuzatilgan.


Bu vaziyatni oqlamoqchi emasman, chunki aynan shunga o'xshash holatlar tufayli mish-mishlar paydo bo'lib, bizning zararimizga ishlashi mumkin. Jamoa doimo Kilianni qo'llab-quvvatlaydi, chunki u haqiqiy professional va bor etiborini natijaga qaratgan. G'azabda emasman, shunchaki biroz xafaman.


Kilianga vaziyatni tushuntirdim. Doimo sport qoidalari bo'yicha ish tutaman. Biz bu erda tennis o'ynamayapmiz, shu sababli jamoadoshlarni hurmat qilish lozim.


Voqeani futbolchilar bilan emas, murabbiylar shtabi bilan muhokama qildim. Bu normal holat, chunki uchrashuvdan so'ng o'yinchilar bilan suhbatlashmayman: Kimdir intervyu beradi, kimdir doping-testdan o'tadi, yana kimlardi shunchaki dush qabul qiladi. Hammani yig'ish qiyin.


Ertaga har doimgidek 11da mashg'ulot, soat 10da esa o'yinni tahlil qilamiz. Yaxshi uxlab, o'ylab olishim kerak. Ushbu voqea haqida gapirish borasida bir to'xtamga kelmadim: Balki shaxsan gaplashib olarman, balki umuman bu mavzu ochilmas. Hammasi yaxshi uxlashimga bog'liq".


Mbappe almashtirilish tufayli birinchi marta xafa bo'layotgani yo'q. Masalan, 7 dekabrdagi "Monpele"ga qarshi bahs: Kilian gol urdi, uni esa 90-daqiqada almashtirishdi - hujumchi xafa bo'lib, maydonni tark etdi.

Dekabr oyidagi "Nant" bilan o'yinda ham shunday holat kuzatilgan.


PSJ muxlislari murabbiydan emas, futbolchidan g'azablanishmoqda. Tvitterdan bazi iqtiboslar:


"Hech bir futbolchi murabbiyning qaroriga bunday reakciya qilmasligi kerak. Hoziroq uni "Real"ga soting" (375ta layk)


"G'urur ko'plab futbolchilarga Messi va Ronaldu darajasiga etishga imkon bermagan. Mbappe o'zgarishga shunday reakciya bildirdi? Nima?!" (561ta layk)


"Mbappening yosh bolalarcha qilig'i va Tuxel bilan tomoshani hazm qilib bo'lmaydi. U yaxshi futbolchi bo'lganligi tufayli qachongacha sabr qilamiz?" (705ta layk)


"Mbappening o'zini tutishini hazm qilib bo'lmaydi: U Tuxel va jamoadoshlaridan kechirim so'rashi kerak. Kilian bor-yo'g'i 20 yoshda va har bir daqiqaning qadriga etishi lozim, aks xolda u yangi Balotelliga aylanishi mumkin". (371ta layk).


Yozda Kilianning PSJ bilan shartnomasi yakunlanishiga 2 yil qoladi, futbolchi yangi bitim imzolashga shoshilmayapti. Agar 20 yoshli forvard bunday tomoshalarni davom ettiraversa, uning ketishi haqida insaydlar o'qishimiz aniq.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика