So’nggi yangiliklar

02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  0 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  0 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  0 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  2 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  2 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  4 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  24 21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  31 20:16Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  8 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4

Mbappe va PSJ hikoyasi yakunga yaqin. Xayrlashish vaqti keldi (mutolaa uchun) Yangiliklar

Mbappe va PSJ hikoyasi yakunga yaqin. Xayrlashish vaqti keldi (mutolaa uchun)

O'yinchi va klub o'rtasida yuzaga kelgan vaziyat haqida fikr yuritamiz.

O'tgan yozda PSJ forvardi Kilian Mbappening Madridning "Real" klubiga o'tishi hal qilingan masaladek edi. Ammo, futbolchi parijliklar bilan shartnomasini uzaytirishga qaror qildi. Uni klub rahbariyatidan tortib Franciya prezidentigacha bo'lgan barcha qoldirishga urindi. Forvarga shunday etibor bo'ldi-ki, uni rad qilish qiyin edi. Albatta, katta pullarsiz bu hal bo'lmasdi. OAV xabariga ko'ra, faqatgina kelasi mavsumda o'yinchining maoshi shartnomasidagi sodiqlik uchun bonus bilan 200 mln evrodan ortiqroq bo'ladi.

Mbappening "Real"ga o'tishi haqidagi mish-mishlar bir necha yillarga tinchigandek edi. Ammo, ular bir yildan keyin yana paydo bo'ldi. Parijliklar o'tgan yozda Kilian bilan shartnomani 2025 yilning iyuniga qadar uzaytirishganini malum qilishgandi. Keyinchalik tomonlar o'rtasidagi kelishuv 2024 yilning yoziga qadar uzaytirilgani, u o'yinchi tomonidan 2025 yilga qadar uzaytirilishi mumkinligi malum bo'ldi. 24 yoshli hujumchi iyunda parijliklar bilan shartnomani uzaytirish borasidagi bitimni faollashtirmasligini aytdi.



Bu yangilik butun Franciyaga tarqaldi va Ispaniyaga ham etib bordi. Mbappening bayonotidan so'ng birdan "Real" prezidenti Florentino Peresning o'yinchini bir yil oldingi ishi uchun kechirishi va uni "qirollik klubi"ga qabul qilishga tayyorligi haqida malumot chiqdi. Kilianning o'zi shartnomasini 2024 yilning iyuniga qadar yakunlab qo'yishni xohlayotganini va shundan so'ng ketishini aytdi. Bu esa PSJ rahbariyatiga uncha ham yoqmadi. Forvardga kelajagi borasida qaror qabul qilish uchun vaqt berishdi. Francuz yoki shartnomani 2025 yilga qadar uzaytiradi, yoki shu yozdayoq sotiladi.

Parij klubi prezidenti Nasser Al Xelayfi Franciya chempionlari o'zlarining eng yaxshi o'yinchilarini klubni tekinga tark etishiga yo'l qo'ymasligini aytdi. Va bu adolatdandir. Mbappening esa dunyodagi eng ko'p maosh oladigan o'yinchilardan bo'lishiga qaramay, nega bunday qarorga kelgani tushunarsiz. U hatto yakunlanayotgan shartnomasi bilan ham 100 mln evrodan ko'proq turadi va "Real" mish-mishlarga ko'ra, bu pulni to'lashga tayyor. Ammo, Kilian 2024 yilni mo'ljal qilmoqda. OAVning yozishicha, bu hujumchining sodiqlik uchun bonusni yo'qotishni xohlamayotgani bilan bog'liq. Ammo, agar u o'z klubini hech narsasiz qoldirishni xohlayotgan bo'lsa, qanday sodiqlik haqida gap borishi mumkin?

Francuz OAVsi esa Mbappe shartnomasini oxirigacha etkazib qo'yishni aytib, faqatgina professionallik bilan o'zini yashirayotganini takidlamoqda. Ammo, aslida barchasi pulga qarab taqalmoqda. PSJ esa buni tushunib turibdi. Parijliklar rahbariyati vakillari agar u qolishni xohlamayotgan bo'lsa, o'yinchiga nega bonus to'lash kerak degan fikrga kelishdi. So'nggi yangiliklarga ko'ra, Kilianda o'z kelajagi haqida qaror chiqarish uchun atigi bir necha kunlar qolgan. Agar shartnomani uzaytirish borasidagi band faollashtirilmasa, u transfer bozoriga olib chiqiladi.



Parijliklar bu safar Mbappeni olib qolishga harakat qilishmaydi, buni Al Xelayfi malum qildi. Ha, u siz ham Mbappening so'nggi intervyularidan biridan so'ng shunday xulosaga kelish mumkin edi. Francuz PSJning CHempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizliklari haqidagi savolga javob berarkan, muammo jamoani yig'ishda va bu ish bilan shug'ullanayotganlardan tashkil topishini aytdi. Bundan tashqari, futbolchi jamoada ham, klubda ham tez-tez kelishmovchiliklar bo'lishi, umuman butun tashkilot bo'yicha ko'plab noaniqliklar borligini ochiq aytdi.

Mbappe haqiqatni aytganda ham, bu PSJdagi hech kimga yoqmaydi. Kilian "Manchester Yunayted" o'yinchisi sifatida jamoadoshlari, murabbiyi, klub rahbariyati va xo'jayinlar, umuman barchasini tanqid qilgan kumiri Krishtianu Ronaldu yo'lidan bormoqda. Portugaliyalik shundan so'ng garchi mish-mishlarga ko'ra agenti CHempionlar ligasida klub qidirgan bo'lsa ham, Saudiya Arabistoniga ravona bo'ldi. Francuz albatta saudiyaliklar tomon yo'l olmaydi, ammo bunday bayonotdan so'ng uni yana parijliklar tarkibida tasavvur qilish qiyin.

Insayder Fabricio Romano Mbappening so'zlariga rahbariyat ham, jamoa ham yomon munosabat bildirganini aniqladi. Bir tomondan, futbolchi ularni himoya qilayotgandek, boshqa tomondan, so'zlari bilan ularning darajasi CHempionlar ligasidagi g'alaba uchun etarli darajada yuqori emasligini nazarda tutgan. Al Xelayfi agar jamoaning darajasi Kilianni qoniqtirmasa, u ketishi mumkinligini aytdi. Francuz nomiga hatto parijliklar sobiq direktori Leonardodan ham murojaat bo'ldi. U yaqinda bergan intervyusida forvardning atrofida jamoa tuzish qiyinligi, sababi u loyiha markazida bo'lishni xohlasa ham, ortidan jamoani ergashtira olmasligini aytdi.



Katta bayonotlar va rahbariyat bilan barbod bo'lgan munosabatlardan so'ng faqatgina bitta hal qilinmagan masala qolmoqda: PSJ Mbappeni kimga va qanchaga sotadi. "Real" bu safar o'zini jim tutmoqda va hech qanday jiddiy harakatlar qilmayapti, hech bo'lmaganda ommaviy ravishda. Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar" aslida o'yinchi bilan faol tarzda aloqadalar. Tomonlar hattoki turli vaziyatlar uchun rejalar ishlab chiqishgan, ammo yakun bitta bo'lishi kerak – Kilianning "qirollik klubi"ga o'tishi. Bu hozir, qishda va kelasi yozda ham ro'y berishi mumkin.

"Real" uchun moliyaviy jihatdan Mbappe bilan bir yildan so'ng erkin agent maqomida shartnoma imzolash optimal variant bo'lar edi. Ammo, prezidentning so'zlariga ko'ra, PSJ bunga yo'l qo'ymaydi. Agar Kilian ketmoqchi bo'lsa, bu faqat sotuv orqali. Parijliklar endigina o'zlarini va qanday bo'lmasin ishlarini qadrlashni boshlashmoqda. Mbappe 5 yildan beri jamoaning eng yaxshi to'purari hisoblanadi. Uning ehtimoliy ketishi – yo'qotish, ammo bunday munosabatga toqat qilish mumkinmas. O'yinchilar amaldagi shartnomalari bo'lib turib, OAV orqali butun tashkilotni jazosiz tanqid qilolmaydi. Al Xelayfi Kilian bilan bo'layotgan vaziyat haqida gapirar ekan, hech kim klubdan yuqori emasligini aytdi. Buni endi amalda ko'rsatish payti keldi.


Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика