Mbappe: "Terma tarkibida o'ynab, bir evro ham olganim yo'q"
05 okt 2021 11:31
Yangiliklar
Mbappe: "Terma tarkibida o'ynab, bir evro ham olganim yo'q"
"Terma tarkibida o'ynab, bir evro ham olganim yo'q. Doimo termada tekinga o'ynayman. Ammo shu bilan birga termada muammo chiqarishni istamayman.
SHunday payt keldiki, muammo yaratayotganimni his qildim. Boshqa insonlar ham buni seza boshladi. Ularning aytishiga ko'ra, mening egoistligim sabab jamoa mag'lub bo'lgan. Men bo'lmaganimda terma g'alaba qozonishi mumkin edi.
Asosiysi - Franciya termasi. Agarda terma mensiz yaxshiroq o'ynaydigan bo'lsa, termadan ketishga tayyorman.
Mamlakat futbol federaciyasi prezidenti Noel Le Gre bilan uchrashdim va buni muhokama qildim. SHveycariyaga qarshi o'yinda urilmagan penaltidan keyin "maymun" deb haqorat qilishgani meni shokka solib qo'ydi.
Tan olaman, penaltidan ura olmaganim - mening aybim. Biroq ko'proq qo'llab-quvvatlovni kutgandim. Albatta, buni talab qilmayman. Lekin bunday holatlarda odamni erga urishingizni istamayman.
Terma mag'lub bo'lganida barcha jaxl otiga minishini tushunib turibman. Men faqatgina "maymun" so'ziga jiddiy etibor berishingizni so'rab qolgan bo'lardim.
Ayni damda barchasi ortda qoldi. Franciya termasi qattiq yaxshi ko'raman", - dedi futbolchi.
Fikrlar