Mbappe Liga 1 tartib-intizom qo'mitasiga PSJ haligacha undan qarzdorligini aytdi
05 dek 11:09
Yangiliklar
Mbappe Liga 1 tartib-intizom qo'mitasiga PSJ haligacha undan qarzdorligini aytdi
"Radio France" xabariga ko'ra, Mbappe Liga 1 Tartib-intizom qo'mitasiga PSJ hamon unga 55 mln evro to'lamagani haqida aytib berdi.
Forvard bungacha sudda ikki marta yutib chiqqandi.
Qo'mita klubni Mbappega yuqoridagi summani to'lashga majburlay olmaydi, biroq parijliklar bilan bog'lanib, ularga nisbatan mumkin bo'lgan sankciyalarni eslatishi kerak bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Franciya professional futbol ligasi PSJga futbolchiga 55 mln evro to'lashni buyurgan, biroq klub rad qilib, ish yuzasidan apellyaciya bergan edi. Parij klubining qarzi to'lanmagan maosh bilan bir qatorda bonuslarni ham o'z ichiga oladi.
Fikrlar