Mbappe jarohatidan qutuldi, Kavani esa...

21 sen 2019, 08:32
Kilian Liga 1 6-turidan o'rin olgan “Lion”ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin.

Mbappe 20 sentyabr kungi mashg'ulotlarda umumiy guruh bilan shug'ullanishga ulgurdi. Kavani esa hamon sonidan olgan jarohati tufayli o'zida noqulaylik his qilayotgani aytilmoqda. Shu boisdan Edinson yakka tartibda mashg'ulot o'tagan.

Ma'lumot uchun, PSJ “Lion” bilan 22 sentyabr oqshomida o'yin o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: L’Equipe