Mbappe - Fransiya terma jamoasining jahon chempionatlaridagi eng yosh futbolchisi

Aslanov Jasurbek
16 iyun 2018, 15:21
Kilian Mbappe Fransiya terma jamoasi tarixida jahon chempionati uchrashuvida maydonga tushgan eng yosh futbolchi.

PSJ forvardi Avstraliyaga qarshi JCH-2018 guruh bosqichining 1-tur uchrashuvida asosiy tarkibiga kiritildi.

Mbappe 19 yosh 178 kunligida maydonga tushdi. Fransiya terma jamoasining JCHda o'ynagan avvalgi eng yosh futbolchisi Bryuno Bellon bo'lgan. U JCH-1982da 20 yosh 118 kunligida uchrashuv o'tkazgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Gracenote Live