Mbappe: "Franciya sardori men bo'lganim, Grizmannga qattiq tasir qildi"
24 mar 2023 12:36
Yangiliklar
Mbappe: "Franciya sardori men bo'lganim, Grizmannga qattiq tasir qildi"
PSJ forvardi Kilian Mbappe "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann bilan Franciya sardorlik bog'ichi tufayli yuzaga kelgan kelishmovchilik haqida gapirdi.
"Men Grizmann bilan gaplashdim. Bu uning uchun biroz kutilmagan voqea bo'ldi va uni tushunish mumkin. Bu Antuanga qattiq tasir qildi. Uning o'rnida menda ham shunga o'xshash reakciya bo'lgan bo'lardi. U Desham davrining eng muhim futbolchisi. Biz birga yangi g'alabalar sari yurishda davom etamiz.
Malumotlarga qaraganda, Grizmann Franciya termasi sardorlik bog'ichi unga berilmaganidan keyin faoliyatini yakunlamoqchi bo'lgan.
Fikrlar