Maykl Kerrikning ilk qarori: "Manchester Yunayted" ikki futbolchini ijaradan qaytardi
15 jan 13:10
Yangiliklar
Maykl Kerrikning ilk qarori: "Manchester Yunayted" ikki futbolchini ijaradan qaytardi
13 yanvar kechqurun Maykl Kerrik MYUning vaqtinchalik bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Oradan bir kun o'tib, "qizil iblislar" ijarada bo'lgan futbolchilarga oid qarorlarni elon qildi.
Klub matbuot xizmatiga ko'ra, hujumchi Jo Xyugill (suratda) va o'ng qanot himoyachisi Xabib Ogunneye muddatidan oldin jamoaga qaytarildi. Yosh istedodlar mos ravishda "Barnet" va "Nyuport Kaunti" jamoalarida ijara asosida to'p tepib, Angliyaning quyi ligalarida tajriba orttirayotgan edi.
Xyugill avval ham asosiy jamoa bilan birga mehnat qilgan va mavsumoldi yig'inlarda o'zini yaxshi tomondan ko'rsatgan. Ogunneye esa joriy mavsum professional faoliyatidagi ilk golini urishga muvaffaq bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Манчестер Сити" камбэк орқали "Энфилд"да "Ливерпул"ни мағлуб этди, Ҳусанов 61-дақиқада тўқнашувдан сўнг алмаштирилди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги дастлабки очкосини қўлга киритди
Роналду "Ал-Насср" раҳбариятига ультиматум қўйди: ёзда ўзгариш бўлмаса, у клубни тарк этади
"Реал" Родрининг "Манчестер Сити" билан шартнома узайтиришини барбод қилмоқчи
Fikrlar