So’nggi yangiliklar

22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  0 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  1 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  4 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  7 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  0 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  7 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1 20:05"Комо" "Ювентус" хавбекига даъвогарлик қилмоқда  0 19:48Mirabror Usmanov Cup-2024. Дарвозабон 2 та гол урган ўйинда Тожикистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди  1 19:29Энцо Зидан тез орада фаолиятини якунлайди  6 19:02"Манчестер Сити" Доннаруммани қўлга киритиш ҳақида ўйламоқда  0 18:30АПЛ янги мавсумда фойдаланиладиган расмий тўпни намойиш қилди  0 18:09Қувватовдан сўнг энди Цигер "Навбаҳор"га йўл олмоқда. "Нефтчи" пойгадан чиқяптими?  17 17:56Шаҳбоз Жўрабеков: "Бир жамоага ишониб "Қизилқум" билан хайрлашгандим. Клубсиз қолишим мумкин эди. "Бунёдкор"ни қутқариш учун келдик"  5 17:23Кантона Ямалга тан берди  4

Maydondagi murosasiz kurash: A Seriya 33-tur prevyusi Yangiliklar

Maydondagi murosasiz kurash: A Seriya 33-tur prevyusi

Bugun Italiya chempionatining navbatdagi tur uchrashuvlariga start beriladi.

"Speciya" - "Inter"

Albatta, Tiagu Motta uchun bu uchrashuv juda muhim. Lekin mushaklari shikastlangani tufayli Burabiya va Manay o'yinni o'tkazib yuborishadi. Biroq qolganlar jamoasiga yordam berish uchun safda turishibdi. Stefan De Vrey bu turni ham o'tkazib yuborishi mumkin, katta ehtimol bilan uning o'rniga D`Ambrozio maydonga tushadi. SHuningdek, Jekoga dam berilishi kerak. Indzagi hujumda Lautaro va Korreani o'ynatishi mumkin.

Oxirgi o'zaro bahsda "Inter" uyda 2:0 hisobida g'olib bo'lgan edi. "Qora-ko'klar" skudetto uchun bor kuchi bilan harakat qilishmoqda. "Speciya" esa ularga jiddiy qarshilik ko'rsatishi qiyinroq bo'lsa kerak.


"Milan" - "Jenoa"

So'nggi vaqtlarda "Milan" yaxshi formada emas. Jarohati tufayli Ibragimovich va Florenci jamoasiga yordam berolmaydi, Alessio Romanoli maydonga tushishi esa so'roq ostida turibdi. Rebich boshlang'ich tarkibda o'ynashi hali muhokama qilinmoqda. Umuman olganda, boshqa o'zgarishlar yo'q. "Grifonlar" elitada jon saqlab qolishi tomondan bu o'yin ular uchun juda muhim. Lazaretdagi o'yinchilar tiklanib ulguradimi yoki yo'qmi, muammo shunda. Bu oxirgi pallada oydinlashadi.

"Milan" chempionat doirasida "Jenoa"ni qiyinchiliksiz mag'lub etgan. Biroq Kubokdagi uchrashuvda durang qayd etilgan va qo'shimcha vaqtdagina "Milan" 2ta gol urib, keyingi bosqichga yo'l olgan. "Grifonlar" tartibli o'ynab, qarshilik ko'rsatishga harakat qilishadi, biroq "rossoneri" g'alabasiz seriyaga nuqta qo'yishiga ishonamiz.


"Yuventus" - "Bolonya"

Paulo Dibala maydonga tushishi so'roq ostida turibdi. Asosiy tarkibda Vlaxovich-Morata juftligini ko'rishimiz ehtimoli yuqori. Ularni Zakariya, Rabo va Artur uchligi qo'llab-quvvatlaydi. Faqat buning uchun braziliyalik safga qaytib ulgurishi zarur. Aks holda, Daniloni tayanch yarim himoyachi rolida ko'rishimiz ham mumkin. "Bolonya" haqida gapiradigan bo'lsak, jamoa uchrashuvga yaxshi kayfiyatda boradi. "Rossoblu" "Sampa"ga qarshi bahsdagi "g'alaba tarkibi"ni o'zgartirmasa kerak, chunki jarohatlar yo'q.

O'tgan tur "Yuve" safarda g'alaba qozongan (2:0). "Keksa sinora" bu gal ham favorit hisoblanmoqda. Skudetto uchun poygaga qo'shilib olishi qiyin bo'lsa-da, ochko to'plashi zarur. To'g'ri, "Bolonya" ham hozir yaxshi formada, ammo muvaffaqiyatli seriyasini davom ettirishi biroz qiyin, nazarimizda.


"Napoli" - "Roma"

Spalletti katta ehtimol bilan o'tgan tur juda yomon o'ynagan Zanoli yordamidan foydalanadi. CHunki o'ng qanot himoyachisi roli uchun nomzodlarning barchasi safdan chiqqan. SHuningdek, son mushaklaridagi muammosi sababli Petanya uchrashuvni o'tkazib yuboradi. Joze Mourinoning esa barcha ishlari joyida va "Roma"ning hamma futbolchisi safda shay turishibdi. SHu sababli, "Bude-Glimt"ga qarshi og'ir bahsdan so'ng, faqatgina ularning jismoniy holatidan kelib chiqib, maydonga tushirish kifoya.

Ochig'i, oxirgi o'zaro bahs biroz zerikarli bo'lgan va hisob ochilmagan. Bu uchrashuv esa ancha qiziqdek tuyulyapti, chunki ikki klub ham yuqoriroq o'rin uchun kurashadi. Tashabbus asosan "Napoli"da bo'ladi va g'alaba qozonish ehtimoli ham yuqori.


"Atalanta" - "Verona"

Tabiiyki, Evropa Ligasidan chiqib ketishi jamoaning bu bahsga ruhiy jihatdan tayyorgarligiga tasir qilmay qolmasdi. Jan Pero Gasperini rotaciya borasida jiddiy bosh qotirishiga to'g'ri keladi. Sapata ortida Pessina va Pashalichning maydonga tushish ehtimoli yuqori. "Verona"da esa tarkib borasida muammolar yo'q. Faqatgina yarim himoyachi Barakning maydonga tushishi yoki tusha olmasligi hozircha noaniq. 

Jamoalarning avvalgi to'qnashuvida "Atalanta" safarda 2:1 hisobida g'alaba qozongan. Bu safar bergamoliklar o'z maydonida o'ynaydi va yaqqol favorit sanaladi. Ammo jamoaning oxirgi natijalaridan kelib chiqsak, fikr bildirishga shoshilmagan maquldek. "Verona" osongina uch ochkoni sovg'a qilmasligi aniq va shu sababli ham bizni qiziqarli bellashuv kutib turibdi.


Sergey Rumyancev

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика