May. Lushchan Qosimovni eng yaxshi deb tan oldi. Mo'minjonovni esa uchlikka ham kiritmadi
08 iyu 2018 18:23
Yangiliklar


May. Lushchan Qosimovni eng yaxshi deb tan oldi. Mo'minjonovni esa uchlikka ham kiritmadi
PFL hamda Championat.asia hamkorligidagi oyning eng yaxshilarini aniqlash masalasiga ovozlar kela boshladi.
Jizzaxning “So'g'diyona” klubi bosh murabbiyi Sergey Lushchan may oyining eng yaxshi futbolchisi sifatida Sardor Sobirxo'jaevni tan oldi. Qiziq tomoni shundaki, Sobirxo'jaev aynan Lushchan murabbiylik qilgan davrda “Bunyodkor”ni tark etgandi.
Lushchan “Bunyodkor”da o'zining o'rnini egallagan Mirjalol Qosimovni oyning eng yaxshi murabbiyi deb topdi. May oyidagi barcha uchrashuvda zafar quchgan Ilhom Mo'minjonovni esa uchllikka ham kiritmadi. “So'g'diyona” sardori Akmal Xolmurodov ham uning yo'lidan yurdi.
Luchshan darvozabon masalasida ham principial yurishni amalga oshirdi va o'zining shogirdiga 1-o'rinni taqdim etmadi.
To'liq ovozlar g'oliblar aniqlanganidan keyin tanishib chiqish uchun taqdim etiladi. Bizni kuzatib boring.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar