So’nggi yangiliklar

01:30Испания кубоги. "Атлетико" "Барселона" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  69 00:32АПЛ. "Челси" – "Саутгемптон". Таркиблар аниқ!  2 00:27Саудия Арабистони. "Ал Насср" ғалаба қозонди, Роналду фаолиятидаги 925-голини урди  1 00:15Сардор Рашидов "Навбаҳор"да қолади  1 00:00Ўзбекистон Суперлигасида қишки трансфер ойнаси ёпилди  0 23:57"Навбаҳор" беш нафар легионерни Суперлига учун рўйхатдан ўтказди. Улар кимлар?  0 23:36Трент ва "Реал Мадрид" 4 йиллик шартнома бўйича оғзаки келишувга эришишди  10 22:33Тебас: "Реал" раҳбарияти ўзидан қурбон ясаб олиб, хар ҳил фитна назарияларини тарқатмоқда"  53 22:08Гвардиола де Брюйнени "Сити"даги келажаги ҳақида гапирди  4 21:46Амирбек Бакаев Беларуснинг бошқа бир клубига ўтди  6 21:15"Машъал" ганалик ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  4 20:48"Навбаҳор" беш нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 20:27Доменико кетди, Тибо қайтмоқда  0 20:02Элдор Шомуродов – А Серия 26-тур рамзий терма жамоасига киритилди  11 19:42Федерико Вальверде жароҳат туфайли кубок ярим финалида майдонга туша олмайди  3

"Maxaradze ishi" yopildimi? Yangiliklar

"Maxaradze ishi" yopildimi?

2 kundirki, futbolimiz ixlosmandlarining bor etibori Toshkentning "Lokomotiv" klubi atrofida sodir bo'layotgan voqealarga qaratilgan.

Biroz avval "Sports.uz" nashri "temiryo'lchilar" sardori haqidagi malumotlarni sizdirib yuborgan shaxs gaplaridan tonib, feyk tarqatgani va futbolchilarga tuhmat qilganini bildirib, barchadan uzr so'ragani to'g'risida malumot berdi:

"Salom, uzr. Men "Lokomotiv"ning chin muxlisiman. Ularni har bir o'yinini kuzatib boraman. Oxirgi paytlarda ko'p mag'lubiyatga uchragani uchun, g'azablanib shu ishga qo'l urdim. Men O'zbekistondagi barchaga sohta xabar jo'natgan edim. Futbolchilarning rasmlarini internetdan kesib oldim. Yana bir bor barchadan uzr so'rayman!"

Tasdiqlandi

"Loko"ning xitoylik "muxlisi" o'tgan gal o'zini totalizator kantorasi inspektori sifatida tanishtirgan edi. Maxaradze haqidagi xabar OAVga sizib chiqishi bilan "Championat.asia"da qilgan chiqishimda uning hech qaysi bukmeykerga aloqasi yo'qligi haqida yozgandim. Mana, 48 soatdan keyin o'zi ham tan oldi. 

Yana qaytaraman: xabarlarni sizdirgan shaxs na muxlis, na inspektor. U mijozlari (futbolchilar)ning o'yiniga nolegal kantoralarda stavka qilib, daromadni ular bilan bo'lishadigan jinoyatchi. O'zaro munosabatlar katta mablag'ga "kuygan" "Loko muxlisi" Kaxini qurbon qilish orqali boshqa sheriklariga tahdid qilgan bo'lishi mumkin.

Nega chekindi?

Hech kim "xitoylik muxlis" nega bir dumalab, ortga qadam qo'yganini tushunmayapti. Bu vaziyatda aqlliroq odamlar shunaqa xulosa qilishi mumkin: "Maxaradze to'g'risidagi malumotlar tarqalganidan keyin ishning ichidagi boshqa sheriklar qo'rqdi va o'rtadagi qarzni uzib, "xitoylik muxlis"ning og'zini yopishdi".

Ammo bu variant ham xato bo'lishi mumkin. Championat.asia'ga malum bo'lishicha, O'FA qoshidagi inspekciya mazkur ish bo'yicha FIFA va OFKning tegishli organlari bilan hamkorlik qilyapti. Xabarni sizdirgan kishi faqat O'zbekiston chempionatiga "stavka" qilmasligi aniqlangan. SHu tufayli xalqaro tashkilotlar uning shaxsiyatini aniqlashga jiddiy tarzda harakat qilyapti. Bu tergovda ishtirok etayotganlar tomonidan "xitoylik muxlis"ga etkazilgan, u shu tufayli chekingan bo'lishi mumkin. CHunki CHin yurtida biznikidan farqli ravishda sportdagi tovlamachilik uchun ham qo'rqinchli jazolar muqarrar.

To'xtash yo'q!

Yuqoridagi bayonotdan keyin muxlislarning kayfiyati tushib ketdi. Ko'pchilik ish shu nuqtada to'xtashi, Kaxi oqlab yuborilishini kutyapti. Bu xil fikrlarga munosabat olish uchun O'FA bilan bog'landik.

"Xavotirga o'rin yo'q! Bu ish hech qanaqasiga to'xtab qolmaydi. Masullar yarim tun bo'lishiga qaramay, hozir ham shu masalada ishlashyapti", — deyildi qo'ng'iroqda. 

Kuni kecha Ravshan Ermatov bilan shu mavzuda suhbatlashgan edik. Ravshan aka barcha xotirjam bo'lishi, "Maxaradze ishi" oxiriga etkazilishini tashkilot prezidenti Abdusalom Azizov shaxsan xohlayotganini aytdi.

To'labek Akramov bilan ham doimiy aloqada bo'lib turibmiz. "Loko" rahbariyati ish oxiriga etkazilishini hammadan ko'proq xohlayapti. SHunday ekan, xavotirlanmang. O'FA qoshidagi maxsus inspekciyaga ishonamiz va aybdorlar to'liq jazolanishidan umid qilamiz. Siz ham vaziyatdan chalg'imay, voqealar rivojini kuzatib boring.

Muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: -30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика