So’nggi yangiliklar

13:04Вьетнам футзал термаси бош мураббийи: "Ўзбекистон — турнир фаворити"  0 12:42Родриго "Реал"ни тарк этиш ниятида эмас  1 12:18Хосе Венансио Лопес: "Ярим финалга чиқиш учун Вьетнамга қарши учрашувда назоратни қўлга олишимиз талаб этилади"  4 12:01"Манчестер Сити" ярим ҳимоячисини қўйиб юборишга тайёр  3 11:39"Арсенал" "Ювентус" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  0 11:15"Барселона" Араухони трансферга қўйди  6 10:42Фабио Каннаваро – «Удинезе» бош мураббийи  1 10:2116:0 - Ўзбекистон кубоги тарихидаги энг йирик ҳисобми?  17 10:13«Барселона» иккита мураббийдан бири билан шартнома тузмоқчи  11 09:46«Ливерпуль» «отмен». Аморим музокара ўтказиш учун Лондонга учиб келди  1 09:20Акинфеев Файзуллаевга «Ахмат»га қарши учрашувдан сўнг кескин гапирган  33 08:52«Интер» «Милан»дан ўтиб кетди  10 08:27МЮнинг янги раҳбарларидан бири мухлисларга мурожаат билан чиқди  2 08:03Аббосбек Файзуллаев Ўзбекистон ОТЖ сафидаги биринчи машғулотида нималар деди?  15 07:37Осиё кубоги. Бугун терма жамоамиз Вьетнамга қарши баҳс олиб боради  21

Mavsum kashfiyoti katta futboldagi debyutini esladi Yangiliklar

Mavsum kashfiyoti katta futboldagi debyutini esladi

Bu mavsum o'zini qayta kashf qilganlardan biri "Lokomotiv"dagi Azizbek Amonov bo'ldi.

Garchi mavsumni starti yorqin chiqmagan bo'lsa ham, navoiylik futbolchi 2-davrada "temiryo'lchilar"ni olg'a etaklagan asosiy figuralardan biriga aylandi. Amonov "Paxtakor" darvozasiga urilgan gol, "Nasaf" bilan o'yindagi muhim dubldan keyin jamoa muxlislarining yoqimtoyiga aylanib qoldi. 

SHuningdek, Srechko Katanecning nigohlarini o'ziga qaratishni ham uddaladi va milliy jamoa libosida debyut qildi. Sloveniyalik mutaxassisning 2-yig'ini ham Amonovsiz o'tmadi. U hatto "Malayziya"ga qarshi o'yinda gol urishga ham ulgurdi.

Bu orada championat.asia nashrining bosh muharriri Narzulla Saydullaev Azizbek Amonovni mavsum kashfiyotlari safida etirof qilgan edi.

O'zbekiston chempionati nihoyasiga etganidan keyin "Loko" vingeri bilan bog'lanib, suhbat uyushtirdik.

— Zarafshonda tug'ilganingizni bilamiz. Futbolga kirib kelishingiz qanday bo'lgan? 

— Avvalo, assalomu alaykum! Futbolchi bo'lishimga asosiy sababchi dadam hisoblanadi. Ko'chadagi o'yinlarimizdan birini ko'rgan ko'rib, futbol maktabiga olib borishga qaror qilganlar. O'sha vaqtlar Zarafshon shahrida mening yoshimdagi guruh yo'q edi. SHu tufayli akamning tengdoshlari bilan (1993 yillar) bir guruhda shug'ullanishga majbur bo'lganman... 

Fursatdan foydalanib, birinchi murabbiylarim Viktor Konstantinovich va Viktor  Ivanovichga tashakkur aytaman. 

— Katta futboldagi debyutingizni eslay olasizmi?

— Debyutim 2017 yil safarda "Buxoro"ga qarshi o'yinda sodir bo'lgan edi. Hisobda ortda qolayotgan paytimizda Andrey Miklyaev kiyinishim kerakligini aytdi. Bu murabbiy uchun katta tavakkal, men uchun kutilmagan holat edi. Sadriddin Abdullaevni almashtirdim. Maydonga tushishim bilan Kaxi Maharadze hisobni tenglashtirdi. Keyingi 10 daqiqani biz hujumda o'tkazdik va Salamat Qutiboevning goli evaziga yutib ketdik. O'sha o'yindagi har bir epizod bugungidek yodimda.

— Bugunga qadar darvozadan boshqa barcha chiziqlarda o'ynashga ulgurdingiz. Qaysi nuqtada to'p tepish nisbatan osonroq?

—To'g'ri, darvoza va markaziyhimoyadan tashqari barcha poziciyalarda o'ynab ko'rdim. Ammo menga oldingi chiziqda o'ynash ko'proq yoqadi. SHu tufayli murabbiylar yana hujumga qaytarishdi.

— 2021 yilda goleadorlik xislatingiz namoyon bo'la boshladi. Raqib darvozasini ko'p ishg'ol qilyapsiz. Mikael Sekeyra siz bilan bog'liq nimadirni o'zgartirdimi?

— SHukr, bu mavsumga o'tgan yillarga nisbatan ko'proq gol urish nasib qildi. Albatta, portugaliyalik mutaxassisdan klubdagi har bir futbolchi kabi ko'p narsa o'rgandim.

— Klub va terma jamoalarda turli murabbiylar qo'l ostida to'p tepdingiz. Ular orasidan eng yaxshisini ayting.

— Bu juda qiyin savol. Birini boshqasidan ustun qo'yishni istamayman. Barcha mutaxassislarning o'z uslubi va qarashlari bor.

— "Lokomotiv" futbolchilari orasidan qaysi biri maydonda bo'lsa, oldingi chiziqda o'zingizni xotirijamroq his qilasiz?

— "Loko" - bir oila. Jamoamizda o'zaro hurmat yuqori darajada. Hamma bir-biri bilan yaxshi chiqishadi. SHu tufayli istalgan sherigim bilan birga o'ynash zavqli.

— O'zbek hujumchilari kam gol urishida pleymeykerlarning aybi ko'proqmi yoki..?

— Bo'lishi mumkin. Lekin forvardlarning aybi ko'proq. Yaxshi uzatmadan tashqari, to'g'ri joy tanlash, kichik imkoniyatdan maksimal foyda chiqarish kerak.

— Hamyurtlarimiz orasidagi eng yaxshi pleymeyker kim?

— Jaloliddin Masharipov.

— Bir muddat "Buxoro" (hozirgi "Nurafshon")da o'ynadingiz. Klub ayni paytda Pro ligada. Usmon Toshev intervyularidan birida "jamoadan faqat nom qolgan", degandi. Ichkaridagi muhitni ko'rgansiz. "Nurafshon" yaxshi natijalar qayd etishni xohlasa, ishni nimadan boshlashi kerak?

— Buxoroda futbol o'ynash uchun zo'p sharoitlar bor, faqat maydon yo'q. Klub stadioni juda og'ir ahvolda. U erda chiroyli futbol ko'rsatish uchun istalga futbolchi qiynaladi. Ammo "Nurafshon" tez orada eski maqomini tiklashiga ishonaman. CHunki buxorolik muxlislar respublikada etakchilardan, ular har doim o'z jamoalari uchun qayg'urishadi.

— Lyubinko Drulovich boshchiligidagi olimpiya terma jamoasi tarkibida siz ham bor edingiz. Serbiyalik mutaxassis Tailandda o'tgan Osiyo chempionatining barcha o'yinlarida deyarli 1 xil tarkib tushirishiga nima sabab bo'lgan edi? Muntazam ravishda zaxirada o'tirish futbolchilar kayfiyatiga salbiy tasir qilmaganmi?

— To'g'risi, uning qarorrini muhokama qilmoqchimasman. Lekin har qanday murabbiy katta turnirlarda ko'plab o'zgarish qilishdan cho'chiydi. Zaxirada qolish masalasiga kelsak, hech kim ranjimadi. Barchamiz O'zbekiston shanini himoya qilish uchun borgandik. 1 daqiqaga tushsak ham, qo'ldan kelgancha yordam berishga tayyor edik. Jamoamiz o'yin tomonlama yaxshi ko'rindi, ammo ozgina omad etishmadi.

— Terma jamoa libosida gol urishga ham ulgurdingiz (Malayziya darvozasiga). Katanecning nazariga tushishni epladingiz. Siz o'ynaydigan nuqtadagi raqobat haqida qisqacha gapiring.

— SHukr, o'rtoqlik o'yini bo'lsa ham, milliy jamoa libosida gol urish nasib qildi. Raqobat esa juda yaxshi narsa. Ayniqsa, men o'ynaydigan nuqtada bir-biridan kuchli futbolchilar ko'p.

— Mavsum tugadi. Azizbek Amonovning kelajak rejalari qanday? Boshqa jamoalardan takliflar bo'lyaptimi?

— Hozir oilam bilan birgaman. "Lokomotiv" bilan shartnomam bor. Kelajak borasida gapirsam, buni jamoa rahbariyati hal qiladi. Ishonch bildirilsa, faoliyatim "temiryo'lchilar" tarkibida davom etadi.


Kubok finali haqida 11 fakt

Muallif :
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика