Maurisio Pochettino: “Men VAR tizimini tanqid qilgandim, ammo...”
18 avg 2019 08:30
Yangiliklar


Maurisio Pochettino: “Men VAR tizimini tanqid qilgandim, ammo...”
“Tottenhem” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino APL 2-turida “Manchester Siti”ga (2:2) qarshi bellashuvdan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Men ochko qo'lga kiritganligimizdan judayam xursandman. Ammo hali ko'p ishlarni amalga oshirishimiz lozim. Jamoa barcha yo'nalishlarda kuchayishi kerak. Biz bosqichma bosqich bu ishni amalga oshirayapmiz va buning uchun biroz vaqt kerak.
Moura betakror gol kiritdi. “Manchester Siti” kabi jamoa bilan o'ynar ekansan doim boringni berib harakat qilishing lozim.
Biz VAR tizimini qabul qila olishimiz lozim. Men bu tizimni ozroq tanqid qilgandim, ammo endi bu tizimning qarorlarini qabul qilishimiz shart. Bu tizim judayam kerak biz uchun”, dedi murabbiy.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar