Maunt: "CHelsi" chempionlik titulini nishonga olgan"
23 dek 2021 13:30
Yangiliklar
Maunt: "CHelsi" chempionlik titulini nishonga olgan"
Londonning "CHelsi" klubi xavbeki Meyson Maunt joriy mavsum APLdagi chempionlik uchun kurashi haqida gapirdi.
"Agar oltin uchun kurashsang, katta bosimni his qilasan. Har bir o'yin juda muhim. "CHelsi" birinchi o'rinda edi, ammo endilikda uchinchi o'rinda. Bu poygani oldindan aytib bo'lmaydi.
Jamoamiz faqatgina chempionlik titulini nishonga olgan. Maksimalini chiqarmoqchimiz. Bunga qodirligimizni ham his qilmoqdamiz", - deydi yarim himoyachi.
Tomas Tuxel shogirdlari 18 turdan so'ng etakchi "Manchester Siti"dan 6 ochko ortda borishmoqda. "CHelsi" keyingi o'yinini 26 dekabr kuni "Aston Villa"ga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar