Mate Vatsadze: "Birinchi davraning qolgan to'rtta o'yinida bizni faqat g'alaba qoniqtiradi"
09 iyu 2021 15:33
Yangiliklar
Mate Vatsadze: "Birinchi davraning qolgan to'rtta o'yinida bizni faqat g'alaba qoniqtiradi"
Superliganing aksariyat jamoalari qatori "Qizilqum" ham Superliganing navbatdagi o'yinlariga Toshkentda tayyorgarlik ko'rmoqda.
Hamid Aktamov murabbiyligidagi jamoa poytaxtimizdagi "To'qimachi" stadionida bo'lib o'tdi. Mashg'ulotlar yakunida klubning gruziyalik hujumchisi Mate Vatsadzening fikrlari bilan qiziqdik.
"Ortda qolgan turlarda o'zimizga kerakli ochkolarni jamg'arishga harakat qildik. Masalan o'z maydonimizda "Paxtakor"ga etarlicha qarshilik ko'rsata oldik. Lekin omadimiz kelmadi. Oldinda bizni yanada qiyin o'yinlar kutib turibdi. Birinchi davraning qolgan to'rtta o'yinida bizni faqat g'alaba qoniqtiradi. Toshkentdagi mashg'ulotlar qiziqarli ketyapti. Yangi texnologiyalardan foydalanmoqdamiz. "Fitogether" qurilmasi jismoniy holatimizni yanada yaxshi darajaga olib chiqishga yordam beradi, deb o'ylayman",- deydi Vatsadze.
Fikrlar