Mata kelasi yil "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin

Aslanov Jasurbek
27 sen 2021, 20:33
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Xuan Mata yanvar oyida jamoasini tark etishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi jamoadagi mavqeidan mamnun emas.

Xabarlarga ko'ra, agar vaziyat o'zgarmasa, Mata "Manchester Yunayted"ni tark etadi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, Mata 2014 yilda "Chelsi"dan qariyb 45 million evro evaziga "Manchester Yunayted"ga o'tgandi. Ushbu mavsumda u Liga kubogida atigi 62 daqiqa harakat qildi. Angliya chempionatida esa futbolchi hali maydonga tushmadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Manchester Evening News