So’nggi yangiliklar

20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  1 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 20:20Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23 2:0 (матнли трансляция)  11 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  6 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  14 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2 16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  2 16:03Саудия Арабистони U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси эълон қилинди  4 15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0

Massemiliano Allegri: “Uch yilda ikkinchi finaldamiz. Bu gal sovrinni qo'lga kiritishimiz kerak” Yangiliklar

Massemiliano Allegri: “Uch yilda ikkinchi finaldamiz. Bu gal sovrinni qo'lga kiritishimiz kerak”

“Yuventus” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri CHempionlar ligasi finalida “Real”ga qarshi kechadigan bahs oldidan final haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

-“Real” har tomonlama kuchli jamoa. Madridliklar juda tez va futbolchilarning texnikasi juda yuqori. SHu bois final ajoyib ruhda o'tishiga shubha yo'q. Bizni ushbu musobaqada barcha narsa qoniqtiradi. Ammo bu galgi finalga 2015 yildagidan farqli ravishda o'zgacha hozirlik ko'rayapmiz.

Sovrinni yutamizmi, yo'qmi buni oldindan aytolmayman. Final taqdirini epizodlar hal qiladi. 2015 yilga bahsda dastlabki 20 daqiqadan keyin yutqazishimiz haqida o'ylay boshlagandik. Ammo keyinchalik muvozanatni tikladik va g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Biroq oxir oqibat mag'lub bo'ldik. Bu gali bizni 95 daqiqalik, balki 120 daqiqalik yuqori bosim ostida o'tadigan muhim bellashuv kutib turibdi.

Agar 2015 yili Berlinda o'tgan final bahsi bilan taqqoslaydigan bo'lsak, tarkibimizda deyarli har bir chiziqda o'zgarishlar bo'ldi. O'sha jamoada to'rt yoki besh kishi qolgan. Hozir biz o'zimizga ancha ishonamiz, kim nimalarga qodirligini yaxshi biladi va jamoaning atmosferasi ham yaxshi tomonga o'zgargan. Biz oltita Skudetto, Italiya kubogi va Superkubogi, CHL finaliga qadar etib kelib maqsad va vazifalarimizni eng yuqori pog'onaga ko'tardik. Bu jamoaga doim yangi chaqiruvlar va jiddiy maqsadlar lozim.

4-2-3-1  taktik sxemasiga o'tganimizdan keyin futbolchilar o'z o'yinlaridan ko'proq zavq ola boshlashdi. Ular katta hoxish bilan harakatlana boshlashdi. Aynan shu lahzalar hal qiluvchi rol o'ynadi. Hujumkorlikni xo'sh ko'ruvchi futbolchilar va temir intizomli himoya g'alabalarimizga zamin yaratdi.

-Nimaning hisobiga joriy mavsumda jamoangiz juda yaxshi o'yin ko'rsatmoqda?

-Birinchi navbatda A seriyadagi kuchli raqobat. “Roma” va “Napoli” bilan sovrin uchun kurashishimiz bizni CHL finaliga qadar etaklab keldi. Ular sabab biz har bir uchrashuvga jiddiy  tayyorgarlik ko'rdik. Agar koncentraciya yuqori darajada bo'lmasa, bu o'yinga va natijaga va oxir oqibat o'sha turnirdagi ishtirokimizga salbiy tasir ko'rsatadi.

-2015 yilgi finaldagi omadsizlik sizni nimalarga o'rgatdi?

-Har bir kun menga nimanidir yangi narsani o'rgatadi. CHempionlar ligasini faqatgina unga munosiblargini yuta olishadi. Bu musobaqani yutish har doim ham, har kimga ham nasib etavermaydi.  So'nggi uch yilda biz bir marta finalda o'ynadik, bu yil yana hal qiluvchi bahsga etib keldik. Bu gal biz ushbu sovrinni boshimiz uzar baland ko'tarishga erishishimiz lozim”, deydi Allegri.


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика