Mashmasha: "Tottenxem" "Renn"ga qarshi o'yinda ishtirok etmoqchi emas, UEFA esa o'yinni qoldirgani yo'q

Mirjalol Normatov
9 dek 2021, 14:30
"Tottenxem" o'z rasmiy saytida futbolchilarining koronavirus bilan bog'liq muammolari sababli "Renn"ga qarshi o'yini qoldirilganini ma'lum qildi.

Oldinroq jamoa bosh murabbiyi Antonio Konte jamoaning 7 nafar futbolchisi koronavirusga chalinganini va jamoa amalda "Renn"ga qarshi o'ynay olmasligini aytgandi.

"Renn"dagilar esa o'yinning qoldirilishiga qarshi chiqmoqda. Bunga sabab sifatida francuzlar "shporlar" bayonoti aniq keltirilmaganligini va asosiy tarkibning necha nafar futbolchisi koronavirusga chalingani yozilmaganini yozib o'tgan.

Ammo UEFA hali uchrashuvni qoldirganicha yo'q. "Tottenxem" esa uchrashuvda ishtirok etishdan bosh tortmoqda. "Renn" bayonotiga ko'ra, o'yin qoldirilmaydi. O'yinni qoldirmoqchi bo'lgan shaxslar esa birorta rasmiy hujjatsiz bayonot yozib yuborishgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia