So’nggi yangiliklar

08:56Фаолиятини якунлаган Кроос Германийда «Йил футболчи»си бўлди  1 08:28ЦСКА устози Аббосбек Файзуллаевнинг кечаги ўйинига баҳо берди  1 08:05Бугун Париж Олимпиадасида фақатгина бир нафар спортчимиз иштирок этади  0 07:32Флик «Реал»ни ўртоқлик учрашувида мағлуб этганидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  0 01:40АПЛ клуби "Ман Сити" хавбеки Филлипс билан шартнома имзолашга яқин  1 01:03"Реал" футболчиси клубдан кетиш ҳақида ўйламоқда  1 00:32Костич "Ювентус"дан кетадими?  0 00:05"Атлетико" Галлахер қарор қабул қила олмаётгани сабаб "Валенсия" билан Герранинг 25 млн евролик трансферини келишиб қўйди  0 23:25Суперлига. "Металлург" - "Локомотив" 1:1, Ҳошимов "Металлург"даги биринчи расмий ўйинида қизил карточка олди  7 23:05Александр Крестинин: "Ғалаба қозониш учун бир оз ақлли футбол керак  0 22:57Григорий Колосовский: "Энди биз майдонга чиқадиган ҳар бир ўйин финал бўлиши керак"  2 22:35"Тоттенхэм" ўйинчиси "Милан"га ўтишга яқин  0 22:07"Ювентус" ўйинчисини "Аякс"га ижарага беради  0 21:40Суперлига. "Металлург" ва "Локомотив" иккинчи даврани дуранг билан бошлади   25 21:27"Арсенал" собиқ вингери Николя Пепе "Вильярреал" ўйинчисига айланди  0

Mashhur futbolchilarning hayotini o'zgartirib yuborgan 7 ayol Yangiliklar

Mashhur futbolchilarning hayotini o'zgartirib yuborgan 7 ayol

Bugun 8 mart - xalqaro xotin-qizlar bayrami.

SHu munosabat bilan futbolchilarning hayotida ijobiy burilishlarga majbur qilgan ayollar haqida hikoya qilamiz.

Denni Koster va Yoxan Kruiff


Kichik sabzavot do'koni egasining o'g'li Yoxan juda sho'x bola bo'lgan. U miss Gollandiya-67 va shaharning eng boy kishilaridan birining qizini sevib qolganida bu ko'pchilik uchun g'alati ko'ringan. Yoxan masuliyatsizligi tufayli kiyinish xonasida chekardi va oilasining talablariga javob bermagan. O'shanda Denni (qiz) futbolchini tarbiyalashga kirishadi. Bo'lajak futbolchining sevgan yori Yoxanni o'z ustida ishlashga majbur qiladi va uning barcha moliyaviy ishlarini boyvachcha otasiga topshiradi. Kruiffning faoliyatini qaynotasining nazorati ostida o'ta boshlaydi. Ko'pchilikning fikricha, Yoxanning xotini futbolchining ishlariga xaddan tashqari ko'p aralashgan, ammo Kruiffning o'zi bunga qarshi bo'lmagan.


Klaudiya Vilyafanya va Diego Maradona


Ular tanishganida Maradona xatto 18 yoshga ham kirmagan edi. Uzoq yillar yaxshi bo'lgan munosabatni futbolchi bir necha marotaba buzib yuborishi mumkin bo'lgan. Klaudiya Maradonaning tarixdagi roliga to'g'ri baho berib, uni ko'p marotaba kechirgan va futbolchiga chegaralarni belgilab bergan. Ammo bu haqida keyinroq.

Avvaliga Klaudiya Maradona mashg'ulotlar haqida unutib qo'ymasligi uchun futbolchi bilan ko'p urushgan: 70 yillar oxirida Diego o'z kelajagiga ishonch bilan qaramayotgan edi. Keyinroq Evropaga ko'chib o'tdi, Neapolda uning xotini yulduzning matbuot-kotibasi rolini ijro etar va muxlislar orasidan chiqib ketishga yordam berardi. Klaudiya Maradonaning boshqa ayollar bilan ko'ngilxushlik qilishiga chidab, oilasini saqladi. 1994 yilda oshkor bo'lgan geroin mashmashasi ham oilaning buzilib ketishiga sababchi bo'la olmadi. Munosabatlar yana 10 yil davom etdi va Maradonaning o'zi ketdi. Ammo Klaudiyaning tasiri hech ham yo'qolgani yo'q: Ular do'st bo'lib qolishdi, uning xotini afsonaviy argentinalikning agentiga aylandi.


Xelen Svedin va Luish Figu


Xelen - futbol dunyosiga kirgan birinchi top-modellardan hisoblanadi. U erining faoliyati bilan jiddiy shug'ullangan. Ular uchrashishni boshlaganida, Figu "Barsa"da beshinchi yilini o'tkazayotgan edi. Xelen erining "Real"ga o'tishiga qarshi bo'lmadi va Figu Ispaniyadagi eng yomon insonga aylandi. Boshqa tomondan, u o'zining sovrinlar muzeyiga 2 ta Ispaniya chempionati oldin medali va CHempionlar kubogini qo'shib qo'ydi.

Xelen Angliyaga ko'chib o'tishga rozi bo'lmagan va Luishni taklifni rad etishga ko'ndirgan edi. Juftli yomon ob-havo va zerikarli ingliz hayotidan ko'ra Milanni tanlashdi. Xelen u erda model bo'lib ishlashni davom ettirdi, Figu esa "Inter" bilan to'rt yilda ettita sovrin qo'lga kiritdi va faoliyatini yakunlab, klub elchisiga aylandi. Bu juftlik hozirgacha mavjud va ular ayni damda Milanda istiqomat qilishmoqda.



Viktoriya Bekxem va Devid Bekxem


Muhokamali savol, Spice Girls sobiq xonandasining tasiri Bekxemni qanchalik o'zgartirdi. Ser Aleks Fergyuson bir kuni, OAVning xaddan ortiq etibori va imijga bilan shug'ullanishi Devidning o'ynashiga halaqit qilishini aytgan. Butsa uloqtirilgan mashhur voqea aynan shu sabab tufayli yuzaga kelgan. Ammo Bekxem murabbiy bilan suhbatlashmadi va "Real"ga sotilib, pop-yulduzga aylandi. U Ispaniya chempionatida g'olib bo'ldi va faoliyatining oxirida Franciya chempionati hamda MLSda bir nechta sovrin qo'lga kiritib, o'z kiyimlari kollekciyasiga asos soldi. Londonda Olimpiada o'tishi uchun chiqish qildi. Yaqinda u kinoda ham suratga tushishni boshladi. Futbolda olish mumkin bo'lgan barcha narsaga ega bo'lgan Bekxem, futboldan keyin ham zerikib qolmadi va mashhurlikning yangi darajagasiga chiqdi.


Xelena Seger va Zlatan Ibragimovich


Model va moliyachi. Xelen Seger bolaligidan bir narsani aniq bilardi: Faqat tashqi ko'rinish bilan hech narsaga erishib bo'lmaydi. SHu sababli fotosessiyalar o'rtasidagi tanaffusda iqtisod darslariga bordi va marketing sohasida ishga kirdi. U Zlatan bilan ko'chada tanishib qolgan. O'shanda Xelen mashinasini noto'g'ri qo'ygan Ibragimovich bilan urishib ketadi va boshqarib bo'lmas yugoslav u uchun munosib chaqiruvligini his qiladi. Munosabatlar sekin va qiyinchilik bilan rivojlanadi, chunki Seger Zlatandan doimo o'z ustida ishlashni talab qiladi. Zlatan kiyinish uslubini, sevimli restoranlari va mashinalarini o'zgartiradi. U o'zini ommaga qanday namoyish etishni o'rgandi, matbuot bilan muloqot uslubini rivojlantirdi.


SHakira va Xerard Pike


SHakira futbolchiga qiyinchiliklarni engib o'tishni o'rgatdi. Avvaliga ular munosabatlarini yashirishga urinishdi va paparacciyaning ov obektiga aylanishdi. Pikega matbuot tomonidan bo'lgan katta etibor uning mashg'ulotlariga halaqit qilardi, u xatto "Barselona" asosiy tarkibidagi joyini yo'qotib qo'yadi. Gvardiola futbolchidan shaxsiy hayotidagi muammolarni hal qilishini aytganida, SHakira va Pike munosabatlarini yashirmaslikka qaror qilishadi. Keyin bolaligidan OAV etiborida bo'lgan xonanda futbolchining imiji ustida ishlashni boshlaydi. Futbolchining hazil tuyg'usi "Tvitter"da namoyon bo'ldi. Pike media yulduzga aylandi. Uning o'quvchilari soni hozir ham SHakiranikidan kam (14 mln. - 43 mln.), ammo farq borgan sari kamayib bormoqda. SHakira sportga zarar etakzmay futbolchiga media shaxs bo'lishda yordam bergan yagona ayol hisoblanadi.


Sofiya Balbi va Luis Suares


Yaxshi taminlangan oilaning qiziga kambag'al yigit oshiq bo'lsa, bu yaxshilikka olib bormasligi mumkin. Sofiya Luisdan o'sishni talab qildi va futbolchilik faoliyatini rivojlantirish uchun Evropaga ko'chib o'tish kerakligini aytadi. Suaresni nazorat qilib turish uchun Sofiya ham boshqa qitaga ko'chib o'tadi. U Barselonada ishlab, o'qib, oxiri yo'q qo'ng'iroqlarga javob berdi. Luis esa mashg'ulotlarda ter to'kib, sevgan yori bilan birga bo'lishga intilardi. Bir yil o'tib uni Gollandiyaning "Groningen" klubi sotib oladi. Barselonagacha hali uzoq edi, ammo avvalgidan yaqinroq. Hozir Suares deyarli har bir intervyusida Sofiyadan qarzdor ekanligini aytadi.

Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика