"Mashal"ga kubok yo'qmi?
14 noy 2019 11:13
Yangiliklar
Muborakning "Mashal" klubi ikki tur oldin birinchi o'rinni olishi aniq bo'lgandi. Kecha so'nggi turda "Mashal" Farg'onada "Neftchi" mehmoni bo'lib 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Ushbu bahsdan keyin "Mashal" klubining telegramdagi rasmiy kanalida quyidagi yozuv paydo bo'ldi.
Xo'sh PFL reglamentida bu borada nima deyilgan?
10-modda
"Musobaqa g'oliblarini taqdirlash"
10.6 “A” va “V” Pro-ligalarida birinchi o'rinni egallagan klublarga “Pro-liga jamoalari o'rtasida futbol bo'yicha O'zbekiston birinchiligi g'olibi” sovrini beriladi. Klub azolari diplom bilan taqdirlanadi.
10.7 Agar “A” va “B” Pro-Ligalari g'oliblari muddatdan oldin aniqlansa, g'olibni aniqlab beradigan uchrashuv yakunida taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi.
10.8 “A” Pro-liganing O'zbekiston birinchiligida ikkinchi va uchinchi o'rinni egallagan klublari O'zPFL diplomlari bilan taqdirlanadi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum "Andijon" klubi quyi ligada chempion bo'lgan edi. "Burgutlar" ham chempionat tugashiga bitta tur qolganida o'z maydonlarida "Istiqlol"ni mag'lub etgach, birinchi o'rinni naqd qilgan edi. O'sha uchrashuvdan so'ng PFL vakillari "Andijon"ni maxsus kubok bilan taqdirlashgan edi. Bu yil esa...

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar