So’nggi yangiliklar

08:21Про лига. Бугун Бухорога катта футбол қайтади  0 07:45Суперлига. Чемпионлар Фарғонага сафар қилади. «Қизилқум» эса яна бир водий жамоасини меҳмон қилади  1 01:55Роберт Левандовски: "2020 йил "Олтин тўп" топширилмаганини ҳеч тушунмайман"  3 01:24"FourFourTwo" ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди  7 01:08Расман: Пеп Гвардиола "Манчестер Сити" билан шартномасини узайтирди  0 00:41Эрлинг Холанд: "Гвардиола энг яхши мураббий, балки тарихдаги энг зўридир"  1 00:14"Челси"нинг "биллур" футболчиси яна сафдан чиқди  1 23:43Нодир Абдураззоқов: "Энди мавсумни чиройли якунлашимиз ва оғзимиздаги ошни олдириб қўймаслигимиз керак"  5 23:19Хави "Интер Майами" бош мураббийи бўладими? Инсайдерлар маълумот беришди  0 22:49АПЛ клублари сўнгги 10 йилликда трансферлар учун қанча ишлатишди?  1 22:22"Ювентус"га "Челси" футболчиси керак  0 21:57Нико Уильямс болалигидаги кумирлари ким бўлганини айтди  12 21:34Максим Шацких: "Черан, Собирхўжаев борасидаги саволлар менга берилмасин. Бу мавзу ёпилган"  25 20:57Миржалол Қосимов: "Натижадан ҳам ўйиндан ҳам қониқдим"  3 20:36Суперлига. ОКМК "Жар"да "Пахтакор"ни мағлуб қилди  6

"Mashal"dan ketish sabablari, Babayan va Qosimov, Koreyaga urilgan gol, murabbiylikdagi sir tutilayotgan uslub – Zohir Qo'ziboev bilan katta intervyu Yangiliklar

"Mashal"dan ketish sabablari, Babayan va Qosimov, Koreyaga urilgan gol, murabbiylikdagi sir tutilayotgan uslub – Zohir Qo'ziboev bilan katta intervyu

Yaqinda “Mashal” sobiq futbolchisi, milliy terma jamoa libosidagi debyut o'yinida Janubiy Koreya darvozasini ishg'ol qilgan maxoratli sobiq futbolchi bilan qator mavzular yuzasidan suhbatlashdik.

Hozirda faoliyatini yakunlagan va murabbiylik licenziyasiga o'qiyotgan suhbatdoshimiz intervyu davomida poytaxt klubi taklifini nega rad etgani, nima uchun legionerga aylanmagani, bo'ydor hujumchilarni kamayib ketayotgani haqida ham to'xtalib o'tdi.

- Sizni ko'pchilik ishqibozlar, xususan voha muxlislari “Mashal”dagi faoliyatingiz orqali yaxshi taniydi. SHuningdek milliy terma jamoada o'tkazgan kam sonli o'yinlaringizdan biladigan etarlicha. Keling, birinchi galda tarixga nazarga tashlagan holda suhbatimizni boshlasak...


- Assalomu alaykum, avvalo barchaga sog'lik va salomatlik tilayman. Ha, 2013 yil “Mashal” safiga qo'shilganimdan so'ng barchasi boshlandi. Dastlab jamoa bilan Oliy liga yo'llanmasiga ega chiqdik. 2014 yilda kuchlilar qatoriga qaytdik, yakunda beshinchi o'rinni egalladik. Men to'purarlar qatoridan joy oldim. Menimcha, elitaga yaqinda qaytgan jamoa uchun bu ajoyib natija hisoblanadi. SHu yili men Oliy ligadagi debyutimni ham nishonlaganman.


- Darhaqiqat, bunda Aleksandr Xomyakovning hissasi katta. Ushbu mutaxassis boshchiligida jamoada barqarorlik hukm surardi, kurashuvchan jamoa shakllangan edi. Siz aytganingizdek yuqori ligaga chiqib o'z yo'lini topib oldi va qaysidir manoda o'sha mavsum biz bilgan “Mashal” qaytdi. Lekin, hozirda Superligaga chiqib shu mavsumni o'zidayoq Pro ligaga ravona bo'layotgan klublar ham bor...

- Aleksandr Andreevichning mehnatlari va kuchli bilimlari sabab biz o'z darajamizga qayta oldik deb o'ylayman. Ushbu mutaxassis katta hajmdagi ishlarni amalga oshirdi. Jamoa juda ham ahil, ichki muhit shunchaki zo'r edi. Hammani havasi kelardi. Xomyakov, katta va yosh futbolchilar barchamiz aka-ukadek edik. O'sha paytlar klub rahbarlari ham bizlarni qo'llab-quvvatlab turdi, yordamlarini ayamadi. Hozir ko'rsangiz elitaga chiqqan jamoa ruschada aytganda zavijivaniya bilan, natija va ligada qolish ilinjida o'ynamoqda. “Mashal” Oliy ligaga chiqqanidan so'ng ko'pchilik bizga qarshi cho'chib harakat qilardi.

- Faoliyatingizdagi eng yorqin damlari shubhasiz milliy terma jamoaga chaqirilgan paytlaringiz bo'lishi aniq. Terma jamoa libosida maydonga tushishni va gol urishni orzu qilmagan hujumchi bo'lmasa kerak. Sizning bu niyatingiz ushalishida Mirjalol Qosimov turtki bo'ldi desak bo'ladimi?


- 2015 yil mart oyidagi yig'inga meni ham taklif qilishdi. Bundan juda ham xursand bo'ldim. Termadan chaqiruv olish katta masuliyat va sharaf deb bilaman. SHundan so'ng o'z ustimda yanada ko'proq ishlashga etibor qaratdim. CHunki, sizni terma jamoada butun xalq, O'zbekiston kuzatadi va tomosha qiladi. Keyin mashg'ulotlardan so'ng Mirjalol Qo'shoqovich Janubiy Koreya bilan o'yinda ishonch bildirdilar. Ular bilan birinchi ko'rishganimda o'ziga yarasha hayajon bo'lgan, buni yashirmayman. Boisi, Mirjalol Qosimov o'z vaqtida afsonaviy butun Osiyo tanigan, Evropa tanigan futbolchi bo'lgan. Baribir murabbiyning salobati bosgan. Bazaga kelganman, birinchi marotaba, boz ustiga debyutantman, begona muhit. Odil Ahmedov, Server Jeparov, Aziz Haydarovlar bilan mashg'ulot o'tkazish hammaga ham nasib qilavermaydi.


- Janubiy Koreya bilan o'rtoqlik uchrashuvidan oldin Mirjalol Qosimovdan qanday ko'rsatmalar olgansiz. Bilamizki, debyut va ilk bor chaqirgan futbolchilarga alohida tushuntirishlar beriladi yani ruhiy tomonlama.


- Janubiy Koreya bilan o'yindan oldin o'zimni bosib olib xotirjam to'p tepishimni aytdilar. Oliy Ligadagi o'yinimni qilsam hammasi yaxshi bo'lib ketadi deb aytganlar.

- Koreya darvozasiga kiritgan to'pingizda qaysidir manoda omad ham katta rol o'ynagan, gol tasodifan urilgandi...


- Futbolda omadingiz kelmasa, mehnat qilmasangiz biron bir narsaga erisha olmaysiz. Endi golni eslaydigan bo'lsam raqib himoyachilar suniy ofsayd hosil qilishda adashishdi. To'p to'g'ri menga kelganida o'yindan tashqari holat bo'lardi. Lekin, to'p darvoza chizig'ini kesib o'tdi va gol mening hisobimga yozildi.

- Mirjalol Qosimov sizni asosan baquvvat va bo'ydor ekanligingizdan foydalanishni maqsad qilganligini sezish qiyin emasdi. Biroq, ochig'i futbolimizda Aniqrog'i milliy chempionatimizda bo'ydor va jismonan baquvvat hujumchilar kamayib ketgan. Oldinlari Anvar Soliev, Zayniddin Tojiev kabi shunday xislatga ega hujumchilar bo'lardi. Mening nazarimda bu futbolimizni o'zgarib borayotganidan dalolat bo'lsa kerak...


- Hujumchilar yo'q emas. Mana masalan Igor Sergeev raqobatda evropalik hujumchi Eren Derdiyokni ortda qoldirdi. U o'z vaqtida SHvecariyada, “Bayer”da eng kuchli hujumchilardan biri sifatida gavdalangan. To'g'ri, Zayniddin Tojiev, Anvar Soliev terma jamoamizda muvaffaqiyatli to'p tepishgan. Endi har bir futbolchining o'z davri bo'ladi. To'g'risi, hozirda Superligada baquvvat hujumchilar ko'zga tashlanmayapti. Birgina SHomurodov bor, u ham bo'lsa Rossiyada. Yaqinda Evropaning kuchli chempionatlariga ketishi mumkin. Tojievlar o'ynagan paytda futbol kurashlarga boy o'tardi, turtilgan yiqitilgan, to'p uchun oxirgacha kurashilardi. Hozir esa asosan texnika va taktikaga urg'u qaratishmoqda.


- “Mashal”dan ketishingizga qaysi omillarni ko'rsata olasiz?

- Hammasi murabbiyning xohishi bilan bo'ldi. Har bir futbolchining faoliyatida qora kunlar bo'ladi, o'yini chiqmaydigan paytlar kuzatiladi. Men shu chuqurlikdan chiqib keta olmadim. Hujumchining vazifasi gol urib jamoasini g'alaba sari etaklash. Klubdagi oxirgi mavsumimda biroz o'yinimda pasayish bo'ldi. Murabbiylar ishonmay qo'yganidan so'ng ketishga qaror qildim. Adashmasam, 2017 yilgi mavsumda 8 o'rinni egallagan bo'lsakda quyi ligaga tushirib yuborishdi. Vaholanki, klubda hammasi joyida edi. Stadioni, bazasi, mashg'ulot olib boradigan joylari va hokazo. Bunday jamoani Oliy ligadan haydash aqlga sig'maydigan narsa edi. Oxirgi jamoam Samarqandning “Dinamo” jamoasi bo'ldi. U erda bir davra o'ynadim. Klub oldiga Oliy ligaga chiqish vazifasi qo'yilgandi. Davron Oripovich bilan munosabatim yaxshi edi. Kelishuvga ko'ra vazifani bajarsak jamoada qolardim. Quyi o'rinlarga tushib ketdik va jamoani tark etdim.

- Faoliyatingiz mobaynida legionerga aylanish imkoniyati bo'lganmi? Baribir, ko'pchilik futbolchilar faoliyatini so'ngi yillarida xorijda o'ynab malum bir darajada sarmoya to'plab olishadi...


- 2014 yil chempionat yakunlangach xorijdan chorlov bo'lgan. Malayziya yuqori ligasidagi jamoalardan biri taklif bilan chiqqandi. Ko'rib o'rganib chiqqanimdan so'ng o'zimizda qolishni maqul deb bildim. 2019 yil Tojikistonning “Regar Tedaz” jamoasida ko'rikda bo'lib qaytdim, bir oycha mashg'ulotlarda qatnashdim. Murabbiylarga yoqmagan bo'lsam kerak javobimni berishdi.

- 2015 yil boshida poytaxt jamoalaridan biriga o'tishga yaqin kelgan edingiz, o'sha qaysi klubligini ayta olasizmi?


- To'g'risini aytsam 2014 yil oxirida Samvel Babayan “Paxtakor”ga chaqirgandi. O'sha paytlar klubda hujum chizig'ida ijrochilar ko'p edi. Zaxirada qolib ketaman deb o'ylab rad javobini berganman.


- Murabbiylikni boshlash arafasida turibsiz. Xorijdan va o'zimizdan qaysi mutaxassisning ish uslubi va taktikasi yoqadi?


- Ichki chempionatimizdan Ro'ziqul Berdievning uslubini yaxshi ko'raman. Mana, “Nasaf” necha yildan beri har xil kunlarni boshidan o'tkazdi. Lekin, jamoa barqarorlikni saqlab qolmoqda. To'g'ri, oxirgi yillarda natijalar pasaygan bo'lishi mumkin. O'yin tomonlama barqarorlik bor. Ro'ziqul aka yoshlarni oldiga yaxshi va yuqori saviyadagi legionerlarni to'plab jamoani shakllantiradi. Xorijdan Yurgen Kloppning taktikasi va o'yinni yo'lga qo'yishi maqul keladi.

- O'zingiz murabbiylik faoliyatingizda, boshqarayotgan jamoangizda qanday uslubni yo'lga qo'ymoqchisiz?


- Bu haqida o'ylab ko'rganim yo'q. Biroq, jamoamni bir uslub ostida shakllantirishni maqsad qilganman. Bu hozircha sir bo'lib qolsin, keyingi intervyularda bu borada yana batafsil gaplashamiz.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика