So’nggi yangiliklar

21:19Ҳаким Фузайлов: "Учала голни ҳам ўзимизга ўзимиз олиб келдик"  0 21:16Суперлига. "Машъал" – "Навбаҳор" 0:0  0 20:54Отабек Нарзуллаев: "Агар вазиятлардан фойдаланганимизда 5:0 ё 6:0 ҳисобида ютган бўлардик"  0 20:34Шерзод Жўраев: "Мен ҳар доим бор маҳсулотдан унумли фойдаланишга ҳаракат қиламан"  1 20:14Суперлига. "Динамо" "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнаб, 2-ўринга кўтарилиш имкониятини бой берди  30 20:08Суперлига. "Андижон" муҳим ғалабага эришиб, хавфли ҳудуддан узоқлашди  17 19:50Ямаль: "Мухлисларнинг "Камп Ноу"да қўллаб-қувватлаши жамоа учун муҳим омил бўлади"  4 19:22"Нима бўлишининг фарқи йўқ, биз жаҳон чемпионатини ютиб бўлдик" ёхуд орзулар ороли энди мундиалда  0 18:53Туркиялик футболчи "Гарри Поттер" услубидаги гол нишонлаши учун судга берилди  1 18:20Испанияда Ямалга мукофот топширилди  4 17:55Суперлига. "Машъал" - "Навбаҳор" учрашувида ғолиб аниқланмади  12 17:04"Нефтчи"нинг ОФК кубогида 5:4 ҳисобида ғалаба қозонгани ёдингиздами?   5 16:49Кенжа Тўраев ва Зафар Полвонов Қашқадарё вилояти футбол академиясида меҳмон бўлди  3 16:28"Арсенал" собиқ футболчиси АПЛга қайтиши мумкин  0 15:53Антони: "Шахсан Компанининг ўзи мени "Бавария"га таклиф қилганди"  0

Kamoliddin Tojiev: "Mensimaslik bo'lishi mumkin emas. Jahongir aka safarga ketganlar, ertaga finalga etib kelar ekanlar" Yangiliklar

Kamoliddin Tojiev: "Mensimaslik bo'lishi mumkin emas. Jahongir aka safarga ketganlar, ertaga finalga etib kelar ekanlar"

"Buxoro" hamda "Paxtakor" o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi finali oldidan toshkentliklar bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev va yarim himoyachi Sardor Sobirxo'jaev matbuot anjumanida qatnashdi.



"Har doimgidek tayyorgarlik ko'rdik. Kayfiyatimiz yaxshi. Ertangi muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz", – dedi Tojiev. 

"O'tgan o'yinlarga tayyorgarlik ko'rgandek tayyorlandik. Ertaga maydonda yaxshi jang bo'ladi", – dedi Sardor Sobirxo'jaev finaldan oldin.

 - "Paxtakor" ertaga favorit, "Buxoro" esa aksincha har bir bosqichda autsayder edi. Ushbu jihat jamoangizga qo'shimcha bosim o'tkazmaydimi? Ustiga-ustak yaqindagina safarda "Buxoro"ni yirik hisobda mag'lub etdingizlar.

 - Bizda bunday fikr yo'q. Biz favoritmiz deb maydonga chiqishning o'zi noto'g'ri. Yigitlarga ham shuni takidladim. Mensimaslik bo'lishi mumkin emas. To'g'ri, "Buxoro"ni yirik hisobda mag'lub etdik, ammo raqib o'z vaziyatlariga ega bo'lgan edi.

- Sardor Sobirxo'jaevga savol. "Paxtakor" yaqqol favorit, ammo so'nggi finalda ham "Paxtakor" favorit edi, lekin "Nasaf"ga yutqazib qo'ygan edi. Ertaga ham raqibni mensimaslik shunday yakunga olib kelishi mumkinmi? Siz tajribali futbolchi sifatida yoshroq jamoadoshlaringizni bundan ogohlantirdingizmi? "Buxoro"ning birinchi marotaba finalga chiqishi "Paxtakor"ga qo'shimcha ishonch berib yubormaydimi?

Ha, o'sha final kechagidek esimda. O'tgan yili ham "Navbahor" bilan o'yinda mag'lub bo'lgandik. Finalda har narsa bo'lishi mumkin, qizil kartochka va penalti. Qog'ozda bir ustunroq bo'lishimiz mumkin, ammo ertaga uch ochko uchun emas, sovrin uchun kurashamiz. Kamoliddin aka ham chempionatdagi o'yinlarni unutish kerakligini takidlab kelmoqda.

 - "Paxtakor" Kubokni yutsa, xalqaro maydonga qaytadi. Shuning uchun finalda "Paxtakor"da motivaciya yuqori. Xalqaro maydonga qaytish orqali jamoa avvalgi darajasiga qaytadi. "Paxtakor"ni kubokni yuta olmasa jamoadan ketib qolishingiz ham mumkinmi? "Paxtakor" ambiciyasi eng yuqori jamoalardan biri va yana bir mavsumda xalqaro maydonsiz qolib ketishni rahbariyat kechirmasligi mumkin?

 - Albatta. OCHLga qaytishga harakat qilamiz. Ertaga nima bo'lishini bilmaymiz. Men hali nima qilaman va nima bo'lishi menga bog'liq emas. Chempionatda ham oxirigacha kurashamiz. Ertaga g'alaba qozonib, xursandchilik qilib OCHLga qaytamiz degan umiddaman.

 - "Paxtakor"ga ikkinchi davrada terma jamoa darajasidagi futbolchilar keldi. Ushbu futbolchilar jamoani yanada kuchaytirishdi. "Paxtakor"ning kelasi mavsumdagi ambiciyalari qanday bo'ladi? Shunday yuqori darajadagi futbolchilar saqlanib qolinadimi?

 - Futbolchilarni jamoada olib qolishni xohlaymiz, ammo xorijdan yaxshi takliflar bo'lishi mumkin. Biz futbolchilarni ushlab o'tirmaymiz. Maqsadimiz tarkibni saqlab qolib va yana bir nechta futbolchilar bilan kuchayish.

- Sardor Sobirxo'jaevga savol. "Buxoro" zich himoyalansa kerak. "Paxtakor" esa hujumga zo'r berishi kutilmoqda. Agar "Paxtakor" raqib himoyasini yorib o'ta olmasa, biroz asabiylashish holatlari kuzatilishi mumkinmi?

 - Hujumkor jamoa 90 daqiqa davomida gol ura olmasa, ruhiy jihatdan bosim ortib boraveradi. Bizda yaxshi ijrochilar bor, umid qilamanki, ular ertaga o'zini ko'rsatishadi.

 - "Buxoro"ning qaysi jihatlarini kuchli deb ayta olasiz?

 - Qarshi hujumlarini.

- Sardor Sobirxo'jaevga savol. Jamoa rahbari ko'pgina muhim uchrashuvlardan oldin va keyin jamoa bilan suhbat qurgan edi. Misol uchun, "Neftchi"ga qarshi birinchi safardagi o'yindan keyin "Chempion bo'lishni istasanglar, hech kimdan qo'rqmay o'ynanglar" degan edi. Jahongir Ortiqxo'jaev bilan final oldidan gaplashdilaringizmi?

- O'yindan oldin uchrashmadik. Jahongir aka safar bilan xorijga ketibdi. Aytishlaricha, ertaga finalga etib kelar ekanlar. Kutamiz.

"Buxoro" – "Paxtakor" to'qnashuvi ertaga "Bobur Arena"da 18:30 da boshlanadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

+2   
28 okt 20:08:24
nerazzuri
Пахтакор бу Навбахор эмас , Пахтакор дойим финалларда уйнаб юрган тажрибаси бор жамоа , эртага Пахтакорга ёрдам берадиган жихат бу катта тажриба , кучли таркиб ва жамоани совридор ананалари.
+2   
28 okt 20:03:35
Dilshod Ergashev
Halol uyin bulsin hakamlar katta saxnaga chiqishmasin kuchlisi yutsin halol qilib olsin kubokni
   
29 okt 00:28:11
Pakhtakor
rustam foydalanuvchining fikriga javob berish
Всем салом алейкум! Давайте честно писать а не сказки рассказывать. Во первых почему назначены судьи из Ташкента? Важный матч а почему не назначили судить игру бригаде И. Танташева? Вот вам справедливость! Пахтакор всегда возит с собой купленных (продажных) судей! Игра будет 14 на 11 .Судить должны нейтральные судьи так во всем мире!
Биринчидан Ассаламу алайкум! Илгиз Танташев тайинланса адолатдан буладими Сизнингча? Хакам нейтрал булиши керак дебсиз, Тошкентдан булмаслиги керак дебсиз. Танташев каерда тугилганини биласизми? Маълумот учун Бухорода тугилган. Адолат сурабсиз, нега Танташевни хакам булишини суравоссиз унда? Хозирги кунда биринчи ракамли хакамимиз Танташев булади, балки Бухородан булгани учун уни тайинлашмагандир. Бухородан булса хам Танташев сотиладиган хакамлардан эмас. Куйишсин эди уни. Бу ПФЛни карори, Пахтакор жамоасини эмас. Пахтакор хар доим узи билан хакамларни олиб юради дебсиз. Якин орада аник факт келтириб беролисизми качон, кайси уйинда хакам ён босганини? Узи олдинлари хам аник факт булмаган, факат одамларни огзидаги гап бу
   
28 okt 21:45:24
rustam
Всем салом алейкум! Давайте честно писать а не сказки рассказывать. Во первых почему назначены судьи из Ташкента? Важный матч а почему не назначили судить игру бригаде И. Танташева? Вот вам справедливость! Пахтакор всегда возит с собой купленных (продажных) судей! Игра будет 14 на 11 .Судить должны нейтральные судьи так во всем мире!
   
28 okt 21:42:48
Александр Гейнрих
Отамни Пахтакори
Узбекистонни ори
Уйнаймиз осиёда
Кичкириб Ар риёдда
   
28 okt 20:53:12
Farhod
nerazzuri foydalanuvchining fikriga javob berish
Пахтакор бу Навбахор эмас , Пахтакор дойим финалларда уйнаб юрган тажрибаси бор жамоа , эртага Пахтакорга ёрдам берадиган жихат бу катта тажриба , кучли таркиб ва жамоани совридор ананалари.
NAVBAXORNI Finaldagi malubiyatini aytmadi chorak finalda penaltilar seriyasidan qolgan UYNNI AYTDI
   
28 okt 20:50:27
تعمورخن ومار خجا
Paxtakor yutsa ayib hakamda yutqizsa murabbiyda )))
   
28 okt 19:59:06
Dilshod Ergashev
Kubokni kim olishi aniq ertaga rasmiyat uchun uynaladi agar hakamlar vijdonan halol sudit qilsa paxtakorni yutish imkoniyati 50/50 buladi
   
28 okt 19:58:58
Dilshod Ergashev
Kubokni kim olishi aniq ertaga rasmiyat uchun uynaladi agar hakamlar vijdonan halol sudit qilsa paxtakorni yutish imkoniyati 50/50 buladi
   
28 okt 19:50:10
Nuriddin
Tan olamiz Paxtakor Buxorodan ancha kuchli lekin yutqazmaydigan jamoaning oʻzi yoq. Buxoroga omad tilayman. Kubokni yutib tarixda qolishini istaymiz.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика