So’nggi yangiliklar

10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  3 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  2 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  4 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  9 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  2 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  8 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  10 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  31 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  5 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  1

"Andijon"ning sobiq murabbiyi jamoa o'tgan yili O'zbekiston kubogi finaliga qanday tayyorgarlik ko'rganini aytdi Yangiliklar

"Andijon"ning sobiq murabbiyi jamoa o'tgan yili O'zbekiston kubogi finaliga qanday tayyorgarlik ko'rganini aytdi

"Andijon" sobiq murabbiyi, hozirda "Olimpik" jamoasini boshqarayotgan Artyom Petrosyan "Fint To'raeva" podkastida jamoa o'tgan yili O'zbekiston kubogi finaliga qanday tayyorgarlik ko'rganini so'zlab berdi. Eslatib o'tamiz, o'shanda "Andijon" "Navbahor"ni engib, bosh sovrinni qo'lga kiritgan edi.

- Murabbiylar ko'pincha: "Biz har bir o'yinga bir xil tayyorgarlik ko'ramiz", degan gapni takrorlashadi. Bu rostmi? O'zbekiston kubogi finaliga tayyorgarlikda qandaydir farqlar bo'lganmi?

- Mashg'ulot jarayoni va taktika borasida hamma narsa bir xil. Bu erda murabbiylar yolg'on gapirmaydi, bu haqiqat: barcha o'yinlarga chindan ham bir xil tayyorgarlik ko'rish kerak. Raqibni o'rganasiz, uning kuchli va zaif tomonlarini aniqlaysiz, shunga qarab mashg'ulot rejasini tuzasiz. Lekin hissiy jihatdan bu butunlay boshqa daraja. "Andijon" va klub muxlislari uchun ilk bor shunday kuchli hissiyot paydo bo'lgandi. Xuddi shu narsa futbolchilarga ham taalluqli – menimcha, o'sha tarkibdan faqat Vladimir Bubanya O'zbekiston kubogi sohibiga aylangan (2018 yilda OKMK bilan – SA izohi).

- O'yinchilarni qanday ruhlantirdingiz? Balki raqibdan qo'rqmaslik kerakligini aytgandirsiz?

- U erda qo'rqadigan hech narsa yo'q edi: biz finaldan oldinroq Superliga doirasida "Navbahor"ni o'z maydonimizda 3:0 hisobida enggan edik. Hech kim hech kimdan qo'rqmasdi. O'sha to'qnashuv final bo'lishidan tashqari, vodiy derbisi ham edi. Shuning uchun futbolchilarni qo'shimcha ruhlantirish shart emasdi. Ichimizda his-tuyg'ular jo'sh urardi. Jamoa "kuyib ketishi"dan juda xavotirda edik. Ammo futbolchilarning ko'zlaridan o'yinga tayyor ekanliklari sezilib turardi. Finaldan uch kun oldin Aleksandr Xomyakov bilan gaplashib oldik. U: "Matbuot xodimimiz qani? Keling, final oldidan ota-onalar, qarindoshlar, rafiqalar, bolalarning tilaklarini videoga muhrlaymiz. Faqat bu haqda futbolchilar bilmasin", dedi.

"Andijon" matbuot xodimi Shuhrat juda yaxshi ish qildi. Ko'plab kichik videolar tayyorladi, keyin ularni birlashtirdi. Video o'yindan ikki kun oldin tayyor bo'ldi, ko'rdim – juda tasirli chiqibdi. O'yindan bir kun oldin nazariy mashg'ulotda "Navbahor"ning himoyadagi o'yinini tahlil qildik. Mashg'ulot oxirida chiroqni o'chirib, katta ekranda o'sha videoni qo'ydik. Bu o'yinchilarga juda qattiq tasir qildi, garchi uncha hissiyotli odam bo'lmasam-da, hattoki men ham tasirlandim. O'ylaymanki, bu bizga ham malum darajada yordam berdi.

Artyom Petrosyan ishtirokidagi "Fint To'raeva" podkastining to'liq versiyasi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin (rus tilida): 

Reyting:    

Fikrlar

   
29 okt 07:22:24
Abdusalom Mirzayev
Khushnudbek foydalanuvchining fikriga javob berish
У пайтда Петросян «Андижон» да ёрдамчи мураббийи эди, Хомяков кетгач кетган Олимпикка
Раҳмат, энди тушундим, сайт будто у бош мураббий бўлган деб ёзяптида.
   
28 okt 20:49:36
Khushnudbek
Abdusalom Mirzayev foydalanuvchining fikriga javob berish
Шу бола қаердан пайдо бўлиб қолганига тушунмадим. Андижон финалда ютганида Хомяков бош мураббий эмасмиди?.
У пайтда Петросян «Андижон» да ёрдамчи мураббийи эди, Хомяков кетгач кетган Олимпикка
   
28 okt 19:12:24
Abdusalom Mirzayev
Шу бола қаердан пайдо бўлиб қолганига тушунмадим. Андижон финалда ютганида Хомяков бош мураббий эмасмиди?.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика