So’nggi yangiliklar

01:56Меҳди Тареми: "Жамоадошларимдан 10 нафари пенальти тепишдан бош тортди. Ўзбекистонга қарши пенальтини тепа олмаган футболчидан Жаҳон чемпионатида фойда бормикан?"  2 01:08Амир Ғалинои: "Ўзбекистон иккинчи бўлимда умуман дарвозамизга хавф сололмади. Босимимиз шунчалик кучли бўлдики, "Манчестер Сити" футболчиси майдондан четлатилди"  12 00:56Асилбек Алиев: "Айбдор эканимни тан оламан ва чин дилдан афсусдаман"  13 00:43Элдор Шомуродов: "Каннаваро ўйин услуби, тактик томонлама янгиликлар киритяпти"  2 00:32Акмал Мозговой: "Бир киши кам бўлсакда охиригача турдик, пенальтилар сериясида омадимиз келди"  3 00:24Фабио Каннаваро: “Январь ойида маҳаллий футболчилар учун йиғин ўтказамиз, у ерда ёшларга имконият берамиз”  9 00:13Қозоғистон ўртоқлик ўйинида Фарер оролларига ютқазди  6 23:46U-17 Жаҳон чемпионати. Австрия Англияни йирик ҳисобда ютди. Япония Шимолий Кореяни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Марокаш ва Швейцария ҳам кейинги босқичда  1 23:25Ал Айн Халқаро Кубоги. Ўзбекистон - Эрон 0:0 (пенальтилар 4:3)  28 23:21ЖЧ саралаши. Ироқ 90+17 дақиқада ғалаба голини уриб, БААни мағлубиятга учратди ва қитъалараро плей-офф босқичига йўлланма олди!  20 23:13Норвегия Жаҳон чемпионатига чиққанини Осло марказида нишонлади  2 23:08Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди  379 22:46Рафинья "Барселона" машғулотларига қайтди  0 22:25Ислом Исмоилов бутсалар ҳақида: "Бугун ўйин давомида ярим жамоа оёғида туролмади. Бу эътибордан четда қолдириладиган нарса эмас"  24 21:56Ислом Исмоилов: "Провокацияга учмасликни юз марта эмас, минг марта тушунтиргандик. Шу сабабли унга танбеҳ бердим. Ҳозир ҳаммаси яхши"  39

Superliga. Chempionlik uchun kurashayotgan "Nasaf" markaziy to'qnashuvda OKMK bilan durang o'ynadi Yangiliklar

Superliga. Chempionlik uchun kurashayotgan "Nasaf" markaziy to'qnashuvda OKMK bilan durang o'ynadi

Superliga 26-turidan o'rin olgan markaziy bahs davom etmoqda.

Superliga

26-tur

OKMK – "Nasaf" 1:1 

Olmaliq. OKMK sport majmuasi. 16:30

Gol: Nodir Abdurazzoqov (Saidafzalxon Axrorov) 54' – Dragan Cheran (Oybek Bozorov) 80'

Bosh hakam: Asker Najafaliev

Yordamchi hakamlar: Timur Gaynullin, Islom Azimov

Zaxira hakami: Alisher Abduvohidov

Nazoratchi: Jahongir Saidov

VAR: Akobirxo'ja Shukurullaev

AVAR: Amir Galeev

Komissar: Mamur Sultonov

OKMK: 35.Javohir Ilyosov, 5.Giorgi Papava (30.Abror Sarimsoqov, 87), 6.Avazbek O'lmasaliev, 7.Dilshod Ahmadaliev, 8.Aziz Xolmurodov (27.Ali Abdurahmonov, 76), 10.Xurshid G'iyosov (99.Asad Sobirjonov, 83), 11.Ruben Sanches, 15.Oybek Rustamov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 21.Saidafzalxon Axrorov (19.Ahmadullo Muqumjonov, 76), 77.Nodir Abdurazzoqov (16.Naoki Senaga, 83).

Zaxira: 88.Hamidullo Abdunabiev, 13.Eldor Begimov, 18.Ibrohim Yo'ldoshev, 28.Arixiro Sentoku.

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 2.Alibek Davronov, 7.Adenis Shala (22.Igor Golban, 68), 8.Zafarmurod Abdiraxmatov, 10.Dragan Cheran, 14.Sharof Muhiddinov, 18.Husayn Norchaev (19.Stefan Cholovich, 73), 24.Sardor Bahromov, 34.Sherzod Nasrullaev (9.Javohir Sidiqov, 73), 77.Oybek Bozorov, 92.Umar Eshmurodov.

Zaxira: 1.Oleksandr Vorobey, 5.G'olib G'aybullaev, 17.Suhrob Nurulloev, 20.Yusuf Otubanjo, 28.Shuhrat Muhammadiev, 55.Diyor Abdunazarov.

Ogohlantirishlar: Oybek Bozorov (37), Ruben Sanches (44), Nodir Abdurazzoqov (55), Abduvohid Nematov (73).


UCHRASHUV YAKUNLANDI! 

90+4. Uuux! Muqumjonovning burchak zarbasidan tepgan to'pi darvozaga kirib ketishiga bir baxya qoldi, to'p ustunga tegdi. 

90+3. Uuux! Dragan Cheran ichkariga kirib bordi, biroq sheriklariga bergan pasi o'xshamadi. 

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

90. Uuux! Cheranning uzoqdan yo'llagan zarbasiga sal aniqlik etishmadi. 

87. OKMKda o'zgarish: Papava o'rniga Sarimsoqov tushirildi. 

86. "Nasaf" hujumlarni kuchaytirgan holda g'alaba sari intilmoqda. 

83. OKMKda 2 ta o'zgarish: Abdurazzoqov o'rniga Senaga, G'iyosov o'rniga Sobirjonov bahsni davom ettiradi. 

82. Gol urgan futbolchida ofsayd yo'q. Undan oldingi pas VAR'da tekshirildi. Davom etamiz. 

80. GOL! Bozorovning uzatmasidan so'ng Cheran bosh bilan to'p kiritib, hisobni tenglashtirdi — 1:1!  

76. OKMKda 2 ta almashtirish: Axrorov o'rniga Muqumjonov, Xolmurodov o'rniga Abdurahmonov o'yinga qo'shildi. 

73. Nematov to'pni sherigiga oshirish chog'ida xato qildi va to'pni otganidan keyin qo'li bilan urib yuborishga urindi, hakam qoida buzish uchun darvozabonga sariq kartochka berdi. OKMK erkin jarima zarbasiga ega bo'ldi. 

72. "Nasaf"da 2 ta almashtirish: Nasrullaev o'rniga Sidiqov, Norchaev o'rniga Cholovich maydonga tushdi. 

68. "Nasaf"da o'zgarish: Shala o'rniga Golban tushirildi. 

65. Xurshid G'iyosov birga-bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi, biroq so'nggi pallada Umar Eshmurodov to'pni egallab olishga erishdi. 

60. Abdurazzoqov Cheran bilan tortishib qoldi. Hakam futbolchilarni tinchlantirdi. 

58. Uuux! Nasrullaevning zarbasidan so'ng darvozaga kirib ketayotgan to'pni Axrorov qaytarishga erishdi! Dahshat! 

57. Uuuux! O'lmasalievning xatosidan keyin Norchaev chap oyoqda zarba yo'lladi, Ilyosovdan seyv! 

55. Abdurazzoqov golni libosini echgan holda nishonlagani uchun ogohlantirildi. 

54. GOL! Axrorovning uzatmasidan so'ng Abdurazzoqov hisobni ochdi – 1:0!

53. Zarbaa! Rustamovning zarbasi yana himoyachilarga tegib qaytdi. 

49. Zarbaaa! G'iyosovning aylanma zarbasidan keyin Nematov to'pga ega chiqdi. 

48. Abdurazzoqovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan keyin to'p qarshiliklar tomonidan uzoqlashtirildi. 

46. Ikkinchi taymga start berildi. Uni "Nasaf" boshlab berdi. 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus! 

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi. 

44. Ruben Sanches Bahromovga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun sariq kartochka oldi. 

42. Zarbaaa! Adenis Shala yaqin masofadan zarba yo'lladi, ammo Ilyosov o'z o'rnida! 

41. Oybek Rustamov maydon markazida Dragan Cheranni yiqitdi. 

39. Zarba! Abdiraxmatovning uzatmasidan so'ng Nochraev bosh bilan zarba berdi, to'p Ilyosovda. 

37. Katta tezlikda oldinga o'tayotgan Ahmadalievni ortdan turib yiqitgan Oybek Bozorov ogohlantirildi. 

34. Xolmurodov fint bilan chiroyli o'ynashga urindi, ammo pas ancha noaniq edi va unga G'iyosov ulgurmasdi. 

31. Bozorovning uzatmasidan so'ng jarima maydonchasi ichida Shala va Ahmadaliev biroz to'qnashdi, qarshiliklar vakiliga to'pga ulgurmadi. 

28. Markaziy uchrashuv maqomiga yarasha davom etmoqda — jangovar bahs. 

24. Rustamov Norchaevga nisbatan juda qo'pol harakat qildi, jarima zarbasi belgilandi. 

22. Uuux! Xolmurodov darvozabon bilan birga-bir holatga chiqib borib zarba yo'lladi, bu to'p darvoza yonidan o'tib ketdi, Sanches ulgurmay qoldi. 

20. Uuux! Sanchesning qulay pasidan so'ng Rustamov darvozani poylashga harakat qildi, biroq to'p himoyachiga tegib qaytdi. 

17.  Uuux! Havolatib amalga oshirilgan uzatmadan so'ng to'p O'lmasalievga qadar etib keldi, himoyachining zarbasini Nematov bartaraf qildi. 

15. Zarbaaa! Oybek Bozorov o'ng qanotda kuchli zarba berdi, sal aniqlik etishmadi.

14. Islom To'xtaxo'jaev o'yin qoidasini buzdi va ogohlantirildi. 

12. Zarbaaa! Norchaevning chamasi 20 metrdan bergan zarbasini Ilyosov bartaraf etdi! Yaxshi zarba — chiroyli seyv! 

11. Shala va uning sheriklari o'zaro paslashgan holda jarima maydonchasi ichiga yorib kirishga urindi, ammo hozircha hujum muvaffaqiyatsiz yakun topdi. 

8. Ahmadalievning qanotdan oshirib bergan to'pini Abdiraxmatov darvoza yaqinidan uzoqlashtirdi. 

6. Zarba! G'iyosovning pasidan so'ng Sanches zarba yo'lladi. Yaxshi vaziyat edi, biroq bu darvozabonga qiyinchilik tug'dirmadi. 

3. Zarba! Himoyachilar qaytargan to'p Sharof Muhitdinovga kelib tushdi. Tajribali yarim himoyachining zarbasi o'ta noaniq chiqdi. 

1. Uchrashuv boshlandi! 

- O'yin 16:30 da boshlanadi.

Reyting: +9   

Fikrlar

+19   
26 okt 18:25:16
barselona7
Нефтчи мухлисларини ғалаба билан табриклайман. Ниҳоят сиз кутган воқеа содир бўлди. Энди ҳаммаси Нефтчини ўз қўлида. Тактикангга урай Рўзиқул бериб қўйди ҳаммасини.
+16   
26 okt 18:30:49
Тохир Гайибов
Футболни ОКМК бн Насаф уйнади,охирида НЕФТЧИ ЮТДИ!!!
+15   
26 okt 17:57:10
Зоиржон Капаянги.
Бу ўйинни ОКМК мухлисларидан кўра Нефтчи мухлислари кўпроқ кузатаётган бўлса керак.
+13   
26 okt 18:31:06
Supper Liga
Qoil Mirjalol Qosimov ! Bravo !
+12   
26 okt 18:22:55
Isroiljon Qosimov
Нефтчи ютди
+9   
26 okt 18:52:39
Баходир Милан
Supper Liga foydalanuvchining fikriga javob berish
Paxtakor Xalq jamoasi ! Omad Paxtakorga xam
СССР пайтида бутун Ўзбекистон номидан қитнашганда халқ жамоаси эди чунки мамлакатдан бир ўзи олий лигада ўйнаган мустақилликдан кейин хамма вилоятни ўзи жамоаси бор бутун халқни номидан гапирманг огайни халқ жамоаси тугаганига 35 йил бўлди!!!!
+9   
26 okt 18:31:31
Мирзохон
Буёғига Насаф учун ҳам Нефтчи учун ҳам ҳар бир ўйин ФИНАЛ! Омад ҳар учаловига, кучлиси муносиби чемпион бўлсин!
Нефтчи чемпион бўлишини Аллоҳдан сўраб қоламан.
+9   
26 okt 18:03:54
Isroiljon Qosimov
Неъматовдан навбатдаги қовун,яхшиям гол бўлмади.Бу йилги НАСАФНИНГ ва Бердиевнинг ЭНГ катта хатоси Неъматовга ишониб дарвозабон олмагани.Айниқса,ОЧЛда каттиқ панд берди Абдувоҳид.
+8   
26 okt 18:03:01
Supper Liga
Abduvoxid deganini Termaga yaqinalshtirmaslik kerak. Bu sezon qilgan xatolarini boshqa varatalar faoliyati davomida xam qilmaydi
+8   
26 okt 17:42:54
barselona7
Ҳали вақт бор. Охиригача умид қиламиз. Аммо ютқазиб қўйса Насақ иккинчи ўриндан ҳам қуруқ қолади. Тактикангга урай Рўзиқул ол майдондан Черанни бир киши кам ўйнаяпти жамоанг кўрмаяпсанми?
+8   
26 okt 15:50:13
Абдугаффор . N
Окмк га омад ёр булсин!
+7   
26 okt 17:43:04
nasaf
Шу йилги Насафни трансферлари катта хато экан барчаси
+7   
26 okt 16:04:27
Тўлқин Хайит
Ҳалол ўйин бўлсин зўри ютсин, зеро барака ҳалоликдадир. Чиройли ўйин тарафдоримиз.
+6   
26 okt 20:18:03
Azizbek Rustamovich
barselona7 foydalanuvchining fikriga javob berish
Нефтчи мухлисларини ғалаба билан табриклайман. Ниҳоят сиз кутган воқеа содир бўлди. Энди ҳаммаси Нефтчини ўз қўлида. Тактикангга урай Рўзиқул бериб қўйди ҳаммасини.
Nasafga keyingi o‘yinlarda ham oson bo‘lmaydi. Namanganda ham, Toshkenttda ham. Hatto Dinamoga qarshi Namanganda ham. Ammo lekin biroq,.... Maydon tekis to‘p yumaloq. Hali to‘rt tur bor. Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Paxtakor ham chempion bo‘lishi mumkin.
+6   
26 okt 18:44:49
barselona7
Faxriddin Aliyev foydalanuvchining fikriga javob berish
Boshqa oʻyinlarni bilmadim lekin bugungi oʻyinda nasafni bir ochkolik boʻlishiga sababchi boʻldi balkim shu bir ochko nasafni chempion boʻlishiga xal qiluvchi roʻlni oʻynar
Бу бир очко ҳеч нарсани ҳал қилмайди. Ҳаммаси ўз қўлида эди. Энди ҳаммаси Нефтчини қўлида. Энди Нефтчини очко йўқотишидан умид қилишга мажбур. Аксинча Нефтчи қолган турларни ютса Насаф ёки Пахтакорнинг натижасидан қатъий назар чемпион бўлади.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика