So’nggi yangiliklar

10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  1 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  8 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  3 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0

Markaziy uchrashuv qahramoni bo'lgan darvozabon, dublga erishgan 18 yoshli futbolchi, olis masofadan darvozani ishg'ol etgan vinger - Superligada 26-turning eng yaxshilari Yangiliklar

Markaziy uchrashuv qahramoni bo'lgan darvozabon, dublga erishgan 18 yoshli futbolchi, olis masofadan darvozani ishg'ol etgan vinger - Superligada 26-turning eng yaxshilari

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 26-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 26-turning eng yaxshi darvozaboni – Javohir Ilyosov (OKMK)

OKMK ushbu tur markaziy to'qnashuvda "Nasaf" bilan ro'baro' kelib, murosa ko'chasini tanladi (1:1). Mazkur natijada va qarshiliklarning qoqilishida olmaliqliklar darvozaboni Javohir Ilyosovning hissasi beqiyos. 31 yoshli posbon uchrashuv mobaynida 4 ta seyv ko'rsatdi, shulardan 2 tasi birga-bir holatda bartaraf qilingan zarbalar edi. Championat.asia sayti xodimlari muhokamadan so'ng markaziy uchrashuvda o'zining ijobiy xislatlarini namoyon etgan Ilyosovni turning eng yaxshi darvozabonligiga loyiq ko'rdi.


Championat.asia sayti talqinida 26-turning eng yaxshi murabbiyi – Akmal Rustamov ("Qizilqum")

"Qizilqum" yakunlangan turda o'z uyida Vadim Abramov qo'l ostidagi "Dinamo"ni mehmon qilib, 2:0 hisobida dog'da qoldirdi. Uchrashuv shu hisobda yakun topishida murabbiyning uchrashuv uchun ishlab chiqqan rejasi ish berganidan dalolatdir. Bahs davomida murabbiy raqibni to'liq o'rganib chiqqani bilindi. Shu tariqa, o'z uyida kutilmagan va chiroyli g'alabani tantana qilgan "Qizilqum" ustozi Akmal Rustamov turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. 


Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 26-turning eng yaxshi futbolchisi – Behruz Karimov ("Surxon")

"Surxon" ushbu tur Termizda "Andijon"ni qabul qilib, 4:0 hisobida g'alabaga erishdi. Mazkur bellashuvda 18 yoshli futbolchi Behruz Karimov dubl qayd etdi. Ayniqsa, uning olis masofadan urgan birinchi goli tarmoqlarni larzaga keltirdi. O'ng qanotda juda faol harakat qilgan va o'z qanotidan uyushtirilgan hujumlarga chek qo'ygan himoyachi Championat.asia ijodiy guruhi tomonidan tur futbolchisi deya etirof etildi.


Championat.asia sayti talqinida 26-turning eng chiroyli goli muallifi – Islom Kenjaboev ("Qizilqum")

Yuqorida takidlanganidek, "Qizilqum" bu tur Samarqandning "Dinamo" jamoasini 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq o'ta olis masofadan jarima zarbasi belgilandi. Navoiyliklar vingeri o'sha nuqtadan darvozani nishonga oldi va super gol muallifiga aylandi. Hech bir shubhasiz aynan ushbu gol muallifi Kenjaboev tur goli muallifi sifatida etrof qilindi.



Reyting: +2   

Fikrlar

   
29 okt 12:17:55
Шуҳрат Зиётов
Исломни омадини берсин. Акмал Рустамовни тактикасига зўр тушган
   
29 okt 00:36:08
TEMUR
Ilyosov Mashalda porlagandi Nasaf olishi kerak edi shu varatarni Javohir koʻp zaxirada oʻtirib foʻrmani biroz yoʻqotdi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика