So’nggi yangiliklar

08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  0 08:20`Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  6 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20

"Mashal": Yoshlarimizni navbatdagi yirik g'alabasi Yangiliklar

"Mashal": Yoshlarimizni navbatdagi yirik g'alabasi

Teglar :  Mashal
Bugun yoshlar ligasi doirasida navbatdagi 22-tur uchrashuvlariga start berildi. Turni Muborakda "Mashal" va "So'g'diyona" yoshlari boshlab berdi.

Uchrashuvda katta tashabbusga ega bo'lgan maydon egalarini buni hisobda ham ko'rsatdi. O'yinning dastlabki 10 daqiqaligida Abdulla Nabiev ikkita qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. 12 daqiqada burchakdan kiritilgan to'pni kutilmaganda maydon egalari o'z darvozasiga joylab qo'ydi. Oradan besh daqiqa o'tib Ilyosov boshlab bergan to'pni tezkorlik bilan Maradona Safarov o'ziga bo'ysundirdi va darvozani ishg'ol etdi. Birinchi bo'limda boshqa hisob o'zgarmadi. 
Ikkinchi bo'limni mehmonlar ham hujumkor o'tkazdi. Ayniqsa zaxiradan maydonga tushgan yoshlar o'yinni kuchaytira oldi. Ikki bor birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi. 80 daqiqada Iskandar SHayqulov darvozaga yakunlovchi to'pni kiritdi va yakuniy ko'rinishni taminladi. 
Ushbu g'alabadan so'ng yoshlarimiz ochkolari 41 taga etdi va turnir jadvalida uchinchi pog'onani saqlab qoldi. 
Endi Sattarov shogirdlari navbatdagi turni safarda "Buxoro"ga qarshi 24 sentyabr kuni o'tkazadi.

Yoshlar ligasi, 22-tur 
"Mashal" - "So'g'diyona" 3:0 
Gollar:
 1-0 Alisher Islomov (avt), 2-0 Maradona Safarov (18), 3-0 Iskandar SHayqulov (80). 
Hakamlar: Jasur Muxtorov (Toshkent), Farhod Usmonov, Zufar Eliboev, Ravshan Abduvohidov (barchasi Qarshi). 
Nazoratchi: A.V. Popov (Toshkent)


"Mashal": 35.Javohir Ilyosov, 16.Iskandar SHayqulov (49.Najmiddin Quvonchiev 80), 27.Sirojiddin Rahmatullaev, 28.Maradona Safarov, 29.Sardor Abduraimov (c), 32.Abbos Omonov (4.SHohjahon Qilichev 46), 36.Abdulla Nabiev (48.Bakir Murtozaev 66), 39.Ixtiyor Toshpo'latov (47.Muhriddin Rizvonov 75), 43.Sirojiddin Allaev, 44.SHerzod Fayziev (40.Aziz Fayziev 46), 45.SHahzod SHaymanov (46.Jasur Boboev 46).


"So'g'diyona": 12.SHirinboy Abdullaev (c), 3.Asiljon Begimqulov, 4.Jasur O'rinov, 5.Alisher Islomov, 7.Sanjar Rixsiboev, 8.Siroj Meliev, 9.Bahodir Qosimov, 11.Nodirbek Ibragimov, 18.Bobir Qosimov, 19.Izzat Abdullaev, 20.SHahboz Jo'rabekov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: 31.Azamat So'ltonov, 2.SHahzod Tog'aev, 13.Asil Oripov, 14.SHohruh Akbarov, 15.Doston Oripov, 17.Sahob Rashidov, 21.Al-Salamu Azatov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика