"Mashal": "Qizilqum"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik davom etadi

Narzulla Saydullayev
12 okt 2015, 16:41
"Mashal" Oliy liganing 25-turiga tayyorgarlikni Muborakda davom ettiradi.

9 oktyabr kuni "So'g'diyona"ga qarshi uchrashuvdan so'ng ikki kunlik tatilga chiqqan futbolchilarimiz kecha o'z qarorgohlarida to'plandi. Mashg'ulotlar davom etmoqda va tarkibda yo'qotishlar bor.

Ogohlantirishlari soni 4 taga etgani bois Abbos Omonov, jarohati bois Humoyun Murtozaev va Shohruh Dostonov maydonga tusha olmaydi.

Eslatib o'tamiz, "Mashal" navbatdagi turni 16 oktyabr kuni safarda "Qizilqum"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz