So’nggi yangiliklar

17:55Кроос Марокаш терма жамоасини ЖЧ-2026 фаворитлари қаторига қўшди  1 17:26"Нефтчи" аъзоларига чемпионлик учун iPhone совға қилинди  7 16:58"Наполи" "Реал" футболчисини ижарага олиш имконияти билан қизиқди, аммо рад жавобини олди  0 16:34"Андижон" 7 январь куни Туркияга йўл олади  4 16:06Португалия — йилнинг энг яхши терма жамоаси  5 15:41Фарғона вилояти футбол клублари ўртасида ҳамкорлик меморандуми имзоланди  2 15:15Тони Кроос тарихдаги энг улуғ мураббийни айтди  2 14:4938 ёшли Кавани фаолиятини тугатмаган. Ҳаммаси 28 декабрь ҳазили бўлиб чиқди  2 14:22Владимир Йовович "Андижон"га ўтадими? Футболчининг ўзи жавоб берди  4 13:55Манба: Суперлига-2026да апрель ойи ҳақиқий "боксинг дэй"га айланади  12 13:29U-23 Осиё Кубоги олдидан: рақиблар ва имкониятлар  5 13:07Кавани бутсаларини михга илди  21 12:40"Қўқон-1912" қисқа муддатли таътилга чиқди  2 12:16Уоткинс: "Эмери — тактик даҳо"  6 11:48Одил Абдумажидов: "Андижонда – яқинларим кўз ўнгида тўп тепиш бошқача завқ бағишлайди"  1

"Mashal": O'tganlar yod etildi Yangiliklar

"Mashal": O'tganlar yod etildi

Teglar :  Mashal
Bugun 9 May yurtimizda Xotira va qadrlash kuni.

SHu munosabat bilan Mashal PFK bolalar futbol maktabi tarbiyalanuvchilari va bir qator futbol maktab murabbiylari, marhum Bahrom Vafoev va klubning ashaddiy muxlisi bo'lgan Baxriddin Ro'ziev, hamda klub akademiyasining sobiq direktori, Boris Serostanovlarning qabrlari ziyorat qilinib quron tilovat qilindi.



SHundan keyin murabbiylar va futbol maktab  tarbiyalanuvchilari  “Xoja Abdulloh, ibn Muborak al- Marvaziy ” ziyoratgohiga tashrif buyurib buyuk avloniy xoklari ziyorat qilindi.

SHuningdek Mashal PFK da faoliyat yuritgan mutaxasis, Baxtiyor Davlatov va Mashal jamoamiz tarbiyalanuvchisi va futbolchisi marhum, Aleksandr SHadrin lar yana bir bor yodga olindi.



Baxtiyor Davlatov O'z vaqtida “Yangier”, “Kosonsoy”, “Nasaf”, “Mashal”, “Metallurg” singari klublarda to'p surgan.

Yangierda tug'ilib o'sgan Baxtiyor Davlatov 36 yoshida futbolchilik faoliyatini tugatgandi. SHundan beri “Mashal”, keyinchalik “Yangier” jamoasida mamur sifatida ishlab kelayotgandi. Baxtiyor Boyjonovich 2013 yil olamdan  o'tgan.



Aleksandr SHadrin 1988 yil tavallud topgan ushbu futbolchi Mashal tarbiyalanuvchisi hisoblanib, 2006 2010 yillar mobaynida Oliy ligada to'rt mavsum “Gazchilar” shanini himoya qilgan. 2011 yil Navbahor da to'p surgan. 2012 yildan 2016 yilga qadar Lokomotiv libosi ostida maydonga tushgan. Milliy terma jamoamiz safida 4da bahsda maydonga tushib 1ta gol kiritgan. Uning kiritgan tarixiy goli milliy terma jamoamizning Yaponiya ustidan safarda g'alaba qozongan yagona uchrashuvi bo'lib turibdi. SHadrin 2014 yilning 21 iyunida olamdan  o'tgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика