"Mashal": O'smirlarimiz finalda "Paxtakor" bilan o'ynaydi
10 avg 2015 23:48
Yangiliklar


"Mashal": O'smirlarimiz finalda "Paxtakor" bilan o'ynaydi
Oldin xabar berganimizdek birinchi uchrashuv "Mashal" - "Qizilqum" o'rtasida bo'lib o'tgan bo'lsa, ikkinchi o'yin "Paxtakor" va "Lokomotiv" o'smirlari o'rtasida bo'ldi. 1999-2000 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida davom etayotgan turnirning finalchilari ham malum bo'ldi.
Unga ko'ra birinchi yarim final o'yinida vakillarimiz "Qizilqum"ni yirik 4:1 hisobida mag'lub etdi. Gollarga Muhriddin SHamsiddinov (ikkita), Allayor Raupov va SHahboz Botirov mualliflik qildi. Ikkinchi uchrashuvda ham "Paxtakor" raqibi "Lokomotiv"ni yirik 4:1 hisobida taslim etdi.
SHunday qilib xotira turnirining finalida Toshkentning "Paxtakor" va Muborakning "Mashal" klublari yo'l oldi.
Xotira turniri. Buxoro
Yarim final.
"Mashal" - "Qizilqum" 4:1
Gollar: SHahboz Botirov, Muhriddin SHamsiddinov, Allayor Raupov.
"Paxtakor" - "Lokomotiv" 4:1
Ertaga turnirning final bahsi bo'lib o'tadi. Bu o'yin Buxoro shahridagi "Markaziy" stadionda 10:00 da start oladi.
Xotira turniri. Buxoro
Final. 11. 08. 2015
"Mashal" - "Paxtakor"
O’xshash yangiliklar

Fikrlar