So’nggi yangiliklar

14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  8 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  4 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  2 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  10 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0

Mashal: 13 yillik anana davom etadi Yangiliklar

Mashal: 13 yillik anana davom etadi

Teglar :  MashalNavbahor
Oliy Liga 20 turida Mashal jamoasi o'z maydonida o'n uch yillik ananani davom ettirgan holda Navbahor jamoasi ustidan 2-1 hisobida g'alabaga erishdi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida kechdi. O'yinda har ikkala jamoa futbolchilari o'zlarini ayab o'tirishmadi. O'yinning 23 daqiqasida Nikita Pavlenko chap qanotdan to'pni sheriklari tomon oshirdi. To'p mehmonlar yarim himoyachisi Azamjon Alievning qo'liga tegib o'z yo'nalishini o'zgartirdi va hakam ikkilanmasdan penalti belgiladi.11 metrlik jarima to'pini SHahzod SHaymanov aniq amalga oshirdi 1-0.

Namanganlik futbolchilar oradan besh daqiqa o'tib hisobni tenglashtirishdi. Ushbu vaziyatda Azizbek Turg'unboev burchak to'pini amalga oshirdi va Nemanya Yovanovich boshi bilan to'pni darvozaga joylab qo'ydi 1-1. Birinchi bo'limning qolgan vaqti davomida har ikki jamoada ham hisobni o'zgartirish imkoniyatlari yuzaga kelgan bo'lsada, 1:1 hisobi tanaffusga qadar o'zgarishsiz qoldi.

Ikkinchi bo'limni Gazchilar yanada hujumkorlik bilan boshladi. Uchrashuvning 59- daqisida Muboraklik muhlislar yoqimtoyi va jamoa yuragiga aylanib borayotgan Zafar To'raev o'zining aldamchi harakati va mahorati evaziga ikki himoyachi va darvozabon Asilbek Amanovni ham aldab bo'sh qolgan darvozaga yo'llab hisobni 2-1 etkazdi. Goldan ruhlangan Mashalchilar yana hujumkorlikni kuchaytirdi. So'ngi daqiqalarda bir necha bor qulay vaziyatlardan unumli foydalanganlarida hisob yanada yirik ko'rinish olishi mumkin edi. SHunday bo'lsada Muboraklik futbolchilar o'z ananasiga sodiq qolgan holda o'z maydonida 2-1 hisobida qalabaga erishdi.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика