Martin Boake: "Futbolda yaxshi o'ynagan va gol urgan jamoa g'alaba qozonadi"
27 avg 2021 22:20
Yangiliklar
Martin Boake: "Futbolda yaxshi o'ynagan va gol urgan jamoa g'alaba qozonadi"
Olmaliqning AGMK jamoasi Superliganing 16-turida "Paxtakor"ga kichik 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Ushbu uchrashuvdan so'ng klubning italiyalik hujumchisi Martin Boake fikrlarini bildirib o'tdi.
"Paxtakor"ga qarshi qiyin o'yin o'tkazdik. Hech bo'lmaganda durangga umid qilayotgandik. Lekin kutilmaganda qizil kartochka olib bir kishi kam qoldik. Ha, birinchi bo'limda Zafar Polvonov bilan tandemda o'ynadim. Hujum tashkil qilishimiz qiyin bo'ldi. Bunga sabab "Paxtakor"ning taktik tomondan zich o'ynaganida. O'yin har doim 50/50 vaziyatdan boshlanadi. Yakunda yaxshi o'ynagan va gol urgan jamoa g'alaba qozonadi. Qo'lni tushirmaymiz. Keyingi bahslard yanada yaxshiroq to'p tepishimiz kerak. Qolganini vaqt ko'rsatadi",- deydi Boake.
Fikrlar