Marselo Koelo: "Avstraliyaga qarshi o'yin turnirdagi eng yaxshi uchrashuvimiz bo'ldi"
15 fev 2016 18:29
Yangiliklar


Marselo Koelo: "Avstraliyaga qarshi o'yin turnirdagi eng yaxshi uchrashuvimiz bo'ldi"
Malayziya bosh murabbiyi Marselo Koelo Qatarga qarshi bo'lib o'tgan so'nggi tur o'yinidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Birinchi bo'limda o'yinimiz o'xshamadi. O'yinni raqibga berib qo'ydik. Yigitlarga o'yinda oldin aytgan ko'rsatmalarimning barchasi bajarilmadi. Bu so'nggi bahs edi. Ushbu o'yinda hech narsa yo'qotmasligimizni va yigitlarga biroz bo'shashish mumkinligini aytdim. Avstraliyaga qarshi o'yin turnirdagi eng yaxshi uchrashuvimiz bo'ldi. Ikki o'yindagi mag'lubiyat yigitlar ruxiyatiyaga jiddiy tasir qildi. Guruhimizdagi barcha uch o'yinda o'zimizni ko'rsatisha urindik. Turnirga barcha jamoalar juda yuqori darajada tayyorgarilik ko'rib kelganiga guvoh bo'ldik" - deydi Marselo Koelo.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar