Marselo: “Bizda vaziyatlar ko'p bo'ldi, ammo SSKA g'alabaga haqli edi”

13 dek 2018, 10:00
“Real” himoyachisi YCHL 6-turida SSKAga uchralgan mag'lubiyatdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Doim g'alaba qozonish va ijobiy taassurot qoldirishni istaymiz, ammo bugun o'xshamadi. Birinchi bo'limda biz ko'plab vaziyatlar bo'ldi. Ammo yakunda SSKA uchta gol urdi. Ularga g'alabaga haqli edi. Ishlashda davom etish kerak. Bugun boshqa jamoadoshlar bilan ertaga esa boshqasi bilan to'p surasan. Mag'lubiyatlar futbolda sodir bo'lib turadi. Kayfiyat yetishmadi deya olmayman. Biror bir o'yinda kayfiyatsiz maydonga tushmaymiz, “Real”da buning imkoni yo'q. Muxlislar hushtak chalish huquqiga ega. Bu biz uchun belgi - nimanidir o'zgartirish lozim. Og'riqli, endi bunday natijaga yo'l qo'ymaslikka harakat qilamiz”,-deydi Marselo.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Реал” расмий сайти