Marotta: "Menimcha, Pogba va PSJ prezidenti shunchaki futbol haqida gaplashishgan"
01 may 2015 11:41
Yangiliklar


Marotta: "Menimcha, Pogba va PSJ prezidenti shunchaki futbol haqida gaplashishgan"
"Yuventus" bosh direktori Juzeppe Marotta yarim himoyachi Pol Pogbaning PSJga o'tishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
"Bunday hurmatdan g'ururlanishimiz kerak. Biz bir necha yil oldin Pogbani xarid qilganimiz to'g'ri qaror ekanligini isbotlaydi. Ammo u bilan xayrlashish niyatimiz yo'q. Pogba va Al-Helayfi tasodifan uchrashib qolgan bo'lishi mumkin. Menimcha, ular shunchaki futbol haqida gaplashishgan" - deydi Marotta.

Fikrlar