Marotta Hakimining PSJga o'tayotganini tasdiqladi
30 iyu 2021 22:55
Yangiliklar
Marotta Hakimining PSJga o'tayotganini tasdiqladi
"Inter" bosh direktori Beppe Marotta himoyachi Ashraf Hakimining PSJga o'tayotganini tasdiqladi.
"Ishlar so'nggi bosqichda. Yana bir qancha rasmiylashtirish ishlari qoldi. Buni bir kunning o'zida yakunlaymiz.
Albatta, bu biz uchun og'riqli holat. Ammo men shunday qiyin vaqtda klubning moliyaviy holatini o'ylashga majbur bo'lyapman.
Hakimining ishlaridan keyin biz engil nafas olishimiz mumkin bo'ladi. Umid qilamanki, biz boshqa muhim futbolchilarimizni sotib yubormaymiz", - dedi Marotta.
Oldinroq berilgan malumotlarga ko'ra, 22 yoshli futbolchi uchun PSJ 60 mln evro to'laydi, shuningdek, yana 10 mln evro bonuslar sifatida vada qilinadi.
Fikrlar